Huquqiy davlat

Версия от 23:49, 25 ноября 2015; uz>Ximik1991Bot (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: H.d. → {{subst:FULLPAGENAME}} (5) using AWB)
(разн.) ← Предыдущая версия | Текущая версия (разн.) | Следующая версия → (разн.)

Huquqiy davlat - davlat tuzilishi va faoliyatining huquqk^ asoslanganligi. Huquqiy davlat gʻoyasini antik mutafak-kirlar ilgari surgan edilar. I.Kant esa unga ilmiy-falsafiy taʼrif bergan. Huquqiy davlatda davlatning quyidagi prinsiplar asosida faoliyat yurgizishi va amal qilishi shart hisoblanadi: xalq suvereniteti; shaxsning huquq va er-kinliklarining hech kim, shu jumladan, davlat tomonidan ham har qanday hodda buzilmasligi; Konstitutsiya va qonunning ustunligi; hokimiyatning boʻlinishi tamoyiliga amal qilish; sudlarning mustaqilligi, xalqaro huquq normalarining milliy huquq normalaridan ustun boʻlishi.

Huquqiy davlatda eng oliy qadriyat inson hisoblanadi. Davlat faqat huquq normalarini yaratib qolmay, oʻzi ham ularga amal qilishi Huquqiy davlatning eng muhim xususiyatidir. Huquqiy davlat demokratiyaning ajralmas belgisidir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida Oʻzbekiston xalqi in-sonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni koʻzlab oʻzining muxtor vakillari siymosida davlatimizning asosiy qonunini qabul qilishi taʼkidlab oʻtilgan. Oʻzbekistonning mus-taqil davlatchiligi davrida konsti-tutsiya va qonunlarning ustunligi gʻoyasi xalq ijtimoiy ongining tarkibiy qismiga aylandi. Qonunni chet-lab oʻtish emas, aksincha, qonun talablari asosida, unga mos va muvofiq ravishda yashash lozimligi kishilar ongiga tobora singib bormoqda. davlat inson huquqlari va manfaatlarini taʼminlashning izchil huquqiy mexanizmini yaratish tadbirlarini amalga oshirdi (yana q. Krnun ustuvorligi).


Шаблон:OʻzME