Ilhom Neʻmatov

Материал из УзЭнц
Ne'matov Ilhomjon To'ychiyevich
Tavallud sanasi: 1-may 1952 (1952-05-01) (71 yosh)
Tavallud joyi: Namangan, OʻzSSR

Neʼmatov Ilhomjon To‘ychiyevichOʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi[1].

Biografiya[править | править код]

1952-yil 1-mayda Namangan viloyatida tug‘ilgan.

  • 1973-yili Fargʻona politexnika institutini tamomladi.
  • 1992-yili SSSR TIV Diplomatiya akademiyasini tamomladi. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.
  • 1973-1974 — Qurolli Kuchlar safida xizmat.
  • 1975-1989 — Namangan viloyatining qurilish tashkilotlari, partiya va jamoatchilik organlarida rahbar lavozimlarida ishladi.
  • 1989-1992 — SSSR TIV Diplomatiya akademiyasi tinglovchisi.
  • 1992- 1993 — Konsullik boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i, Ishlar boshqarmasi boshlig‘i.
  • 1993- 1995 — O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi Elchixonasi 1-kotibi, maslahatchi-vakili.
  • 1995- 1996 — O‘zbekiston Respublikasi TIV Konsullik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.
  • 1996- 1997 — Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Milliy havfsizlik kengashi Bosh konsultanti.
  • 1997- 1999 — O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
  • 1999-2008 — Tashqi ishlar vazirining maslahatchisi, oʻrinbosari, 1-oʻrinbosari, O‘zbekiston Respublikasining ShHTdagi milliy koordinatori.
  • 2008-2010 — O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
  • 2010-2013 — O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
  • 2010-2013 — O‘zbekiston Respublikasining qarorgohi Vashingtonda joylashgan Braziliya va Kanadadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
  • 2013-2014 — O‘zbekiston Respublikasi TIVning Alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi.
  • 2014 — 2016 — „GM Uzbekistan“ AJ Bosh direktori maslahatchisi.
  • 2016-yil 14-sentyabrdan O‘zbekiston Respublikasi TIVning alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi.
  • Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik martabasiga ega.
  • Ingliz, rus va nemis tillarini biladi. Oilali, uch farzandi bor.

Manbalar[править | править код]