Ilyushin, Sergey Vladimirovich

Материал из УзЭнц

Sergey Vladimirovich Ilyushin [1894-yil 18(30)-mart, Vologda guberniyasi — 1977-yil 9-fevral — Moskva] — atoqli sovet va rus aviakonstruktori, SSSR FA akademigi (1968), muhandislik-texnika xizmati general-polkovnigi (1967), 3 marta Sotsialistik Mehnat Qahramoni. (1941, 1957, 1974).

I. Ye. Jukovskiy nomidagi Harbiy-havo muhandislik akademiyasini tugatgan (1926). 1931 yilda aviatsiya konstruktorlik byurosini tuzib, unga boshchilik qildi. Dastlab ikki motorli SKB-26 (SKB-30, SKB-30-F) jangovar samolyotlarida turli yuklar bilan yuqoriga koʻtarilish boʻyicha dunyo rekordini oʻrnatgan,

1938—39 yillarda Moskva — Vladivostok, Moskva — Misku (AQSH) oroli boʻylab qoʻnmay uchgan. Ilyushin boshchiligida konstruktorlik byurosida bombardimonchi Il-4, shturmchi Il-2 (1939), Il-8, Il-10 (1943), reaktiv bombardimonchi Il-28 (1948) va shturmchi Il-40 (1953) hamda Il-12 (1946), Il-14 (1951), Il-18 (1957), Il-62 (1962) yoʻlovchilar samolyotlari yaratilgan. Ilyushin yoʻlovchi va harbiy samolyotlar yaratish bilan birga samolyotsozlikda oʻz maktabini ham barpo qildi.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil