Irland tili

Материал из УзЭнц
Irland tili
Milliy nomi: -{Gaeilge}-
Mamlakatlar: Irlandiya
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: 140,000 (2012)
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Hind-Yevropa
Kelt tillari
Alifbosi: lotin
Til kodlari
-{ISO 639-1 ga}-
-{ISO 639-2 gle}-
-{ISO 639-3 gle}-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Irland tiliHind-Yevropa tillari oilasidagi german tillari guruhi kelt tillari shoxobchasiga mansub. Irlandiyaning (ingliz tili bilan birga) davlat tili. Irland tilida Shim. Irlandiya, qisman AQSh va Buyuk Britaniyada 600 mingdan ortiq kishi gaplashadi (1992). Irland tili, asosan, 3 sheva (munster, konnaxt, ulster) va koʻpgina lahjalarga boʻlinadi. I.t. tarixiy jihatdan Z davrga boʻlinadi: qad. (7— 10-asrlar), oʻrta (10— 14-asrlar) va yangi (15-asrdan) davrlar.

Irland tilida lotin, fransuz, ingliz tillarida oʻzlashgan soʻzlar koʻp. Fonetik qurilishi koʻpgina oʻzgarishlarga moyilligi bilan harakterlanadi. I.t. da yumshoq undoshlar bor. Urgʻu, asosan, soʻzning birinchi boʻgʻinigatushadi. Sodda gapning soʻz tartibi qatʼiy va izchil: avval kesim, soʻng ega, undan keyin toʻldiruvchi keladi.

Dastlab ogamik yozuvi (4—7-asrlar) boʻlgan, keyinchalik lotin yozuviga oʻtilgan (7-a.). Koʻpincha qad. yodgorliklari saklanib qolgan. Hoz. irland maktablarida mustaqil fan sifatida oʻqitiladi.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil