Koʻkaldosh madrasasi (Toshkent)

Материал из УзЭнц

Koʻkaldosh madrasasi - Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik. Shahar markazining Chorsu maydonida joylashgan. Qulbobo Koʻkaldosh qurdirgan (155175). Madrasa (umumiy oʻlchami 62,7 × 44,9 m) bosh tarzi jan.ga qaragan. Darvozadan kiraverishda chapda masjid, oʻngda darsxona joylashgan. Masjid va darsxonalarning tomi oʻzaro kesishgan ravoqlar ustiga oʻrnatilgan gumbazlardan iborat. Miyonsaroy 7 gumbazli. Chorsi hovlisi (38 × 26,9 m) keng , hujralar va ochiq ayvonlar bilan oʻralgan. Hovlining atrofidagi hujralar 38 ta boʻlib, darsxona va masjid bilan oʻzaro bogʻlangan. Madrasa dastlab 3 qavatli boʻlgan. Meʼmorlar madrasani bezashda, asosan, binoning old tomoniga eʼtibor berishgan. Peshtoqi bilan birga bal. 19,73 m boʻlib, sirkor parchin va girih naqshlar bilan bezatilgan. Bosh tarzining 2 burchagidagi guldastalar tepasi qafasa bilan yakunlangan.

Koʻkaldosh madrasasi (Toshkent) 18-asr boshlarida qarovsiz holga kelib qolgan va karvonsaroy ombori sifatida foydalanilgan. 1886 va 1946 yillardagi zilzilalar oqibatida vayron boʻlgan. Bir necha bor taʼmirlanishi natijasida madrasaning tashqi koʻrinishi oʻzgarib ketgan. Koʻkaldosh madrasasi (Toshkent) hujralaridan birida Furqat (188991) va Hamza (191011) istiqomat qilgan, shoir Hislat va boshqa tahsil olgan. Madrasaning old tomoniga anʼanaviy usulda zinapoya ishlangan. 1998 yildan binoning muhandislik ustuvorligini taʼminlash, tashqi va ichki tarzlarini asl holiga keltirish va atrofini obodonlashtirish ishlari olib borilmokda. Koʻkaldosh madrasasi (Toshkent) Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasi tasarrufida (1991 yil dan). Binoda shu idoraga qarashli oʻrta maxsus islom bilim yurti joylashgan.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil