Koʻra

Материал из УзЭнц

KoʻraZakavkazyedagi daryo. Oʻz. 1364 km, havzasining maydoni 188 ming km². Old Osiyo togʻligining gʻarbiy qismidan boshlanib, asosan, Gruziya va Ozarbayjon hududlaridan oqib oʻtadi va Kaspiy dengiziga delta (maydoni 100 km²) hosil qilib quyiladi. K. yuqori oqimida togʻlar orasidan shiddat bilan oqadi. Tbilisi shahridan quyida K. vodiysi kengayadi. K. ning kuyilish joyidan 236 km yuqorida unga oʻngdan Araks daryosi quyiladi. Qor-yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyivadi. Oʻrtacha suv sarfi 575 m³/sek. Kuyi qismida kema qatnaydi. Suvi sugʻorishga sarflanadi.Suvining bir qismi kanal orqali Araksga oqiziladi. K. da Zemo-Avchala, Mingechaur (suv omborlari bilan) GESlari qurilgan. Daryo deltasida baliq ovlanadi.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil