Kopernik, Nikolay
Nikolay Kopernik | |
---|---|
Portret, 1580 | |
Tavalludi |
19-fevral 1473-yil Torun (Toruń), Qirol Prussiyasi |
Vafoti |
24-may 1543-yil (70 yoshda) Frombork, Qirol Prussiyasi |
Sohasi | Matematika, astronomiya, tibbiyot, iqtisodiyot |
Alma mater | Krakov universiteti, Bolonya universiteti, Padua universiteti, Ferrara universiteti |
Mashhur ishlari | Geliotsentrizm, Kopernik qonuni |
[[File:{{{imzo}}}|150px|alt={{{imzo_izoh}}}|{{{imzo_izoh}}}]] |
Nikolay Kopernik (рус. Никола́й Копе́рник, lot. Copernicus; 1473-yil 19-fevral, Torun shahri — 1543-yil 24-may, Frambork shahri) — nemis astronomi, geliotsentrik sistema asoschisi. 1492—94 yillarda Krakov universitetida, keyinchalik Italiyaning Bolonyadagi universitet va boshqa universitetlarida huquqshunoslik, tibbiyot, astronomiya va matematika fanlarini oʻrgangan.
Kopernik zamonasining yetuk astronomlaridan biri boʻlgan. U 1543-yilda "Osmon sferalarining aylanishi haqida" asarini nashr ettirgan. Bu asarda Ptolemeyning fan va dinda hukmron boʻlib kelgan geotsentrik sistemasini rad qiluvchi geliotsentrik sistemani bayon etgan. Kopernik oʻz sistemasida Yerni oddiy sayyoralardek Quyosh atrofida va oʻz oʻqi atrofida aylanadi degan fikrni ilgari surgan. Geliotsentrik sistemaning toʻgʻriligi tez orada Galiley, Kepler, I. Nyuton kashfiyotlari bilan isbotlangan.
Manbalar[править | править код]
Havolalar[править | править код]
Ушбу мақолани ёзишда Ўзбекистон миллий энциклопедияси (2000-2005) маълумотларидан фойдаланилган. |