Koreys tili

Материал из УзЭнц
Koreys tili
Milliy nomi: -{한국어, (한국말) 조선말}-
Mamlakatlar: KXDR, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, AQSh, Kanada
Mintaqalar:
Rasmiylik holati: KXDR, Janubiy Koreya, Xitoy (Szilin)
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: 66,3 million[1]
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Oltoy
Alifbosi: hangul, hanja
Til kodlari
-{ISO 639-1 ko}-
-{ISO 639-2 kor}-
-{ISO 639-3 }-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Koreys tili — koreyslarning tili. Oltoy tillariga, baʼzan toʻngus-manjur tillariga kiradi, deb taxmin qilinadi. KXDRning hamda Koreya Respublikasining rasmiy tili.

Ushbu tilda 60 million kishi soʻzlashadi (1992). Uning genetik jihatdan boshqa tillar bilan bogʻliqligi aniqlanmagan. Koreys tilining shimoli-sharqiy, shimoli-gʻarbiy, markaziy, janubi-sharqiy, shimoliy va janubiy shevalari bor.

Koreys tilida 40 fonema (19 undosh, 21 unli) mavjud. Morfologik jihatdan agglyutinatsiya rivojlangan. Feʼl zamonlari hozirgi, 2 oʻtgan va 2 kelasi zamon shakllaridan iborat. Son kategoriyasida birlik va koʻplik shakllari farqlanmaydi. Nisbat kategoriyasi hamma feʼllarga xos emas. Leksikasida xitoy tilidan, sanskrit, moʻgʻul va baʼzan Yevropa tillaridan oʻzlashgan soʻzlar bor.

Koreys tili 1993 yilgacha "standart til", 1966 yilda "madaniy til" (munxvao) deb atalgan. Bu tilning 2 turi ham KXDR hamda Koreya Respublikasida qoʻllanib kelinadi. KXDRda koreys yozuvi, Koreya Respublikasida xitoy-koreys aralash yozuvi qoʻllanadi.[2]

Manbalar[править | править код]

  1. Ethnologue — Languages of the World
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil