Kungay olatov

Материал из УзЭнц

Kungay olatov - Tyanshanning shim.dagi tizma. Qozogʻiston bilan Qirgʻiziston chegarasida. Jan.da Issiqkoʻl bilan chegaradosh. K.O.gʻarbda Boʻoʻm darasidan sharkda Charin daryosi (Ilining chap irmogʻi) ning bosh qismiga qadar (200 km ga) choʻzilgan. Eng baland choʻqqisi — Choʻqtal togʻi, 4771 m. Granit, slanets va qumtoshlardan tarkib topgan. Shim. yon bagʻri jan. yon bagʻriga qaraganda tik va qisqa. Tizmaning daralari Tyanshan qora qaragʻayi bilan qoplangan. Shim. yon bagʻirlarida muzliklar bor.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil