Loʻli tili

Материал из УзЭнц
Loʻli tili
Milliy nomi: -{}-
Mamlakatlar:
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi:
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 }-
-{ISO 639-3 }-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Loʻli tili — loʻlilarning tili. Hind-yevropa tillari oilasining hindoriy guruhiga mansub. Loʻli tili hind-oriy tillari muhitidan ajralgan holda shakllanganligi tufayli yaqin, qardosh til guruhlaridan sezilarli farqqa ega, lekin koʻhna hind-oriy tillari lugʻaviy tarkibini saqlab qolgan, tipologik jihatdan oʻrta va yangi hind tillariga yaqin. Talaffuzda oʻziga xos jihatlar: jaranglilarning jarangsizlanishi (g>k, d>t, b>p), sirgʻalishning kuchsizlanishi, qorishiq tovushlarning susayishi (sh>s) va boshqa mavjud. Morfologiyasi uchun soʻz ketidan qoʻshiladigan qoʻshimchalarning yangi kelishik fleksiyasiga uchrashi, jonsiz — narsa otlarida tushum kelishigining shakli uchramasligi, kelasi zamon feʼlining murak-kab shakli va boshqa xos. Muntazam koʻchib yurish tufayli loʻlilar Loʻli tilining turli lahjalarida soʻzlashadi. Bundan tashqari, Loʻli tili loʻlilar yashaydigan hududlardagi mahalliy tillarning lugʻaviy, fonetik, sintaktik taʼsiriga uchragan. Sharq mamlakatlarida uzoq vaqt yashagan loʻlilarning tiliga sharqiy tillar, Gʻarb mamlakatlarida yashaganlarining tiliga esa gʻarbiy tillar sezilarli taʼsir etgan. Mas, Vizantiya hududidagi loʻlilar tilida Bolqon ya.o.idagi tillar uchun umumiy boʻlgan xususiyatlarni uchratish mumkin.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil