Lobachevskiy, Nikolay Ivanovich

Материал из УзЭнц
Версия от 23:25, 5 июля 2021; Sf7 uz (обсуждение | вклад) (Text replacement - "{{OʻzME}}" to "{{ЎзМЭ}}")
(разн.) ← Предыдущая версия | Текущая версия (разн.) | Следующая версия → (разн.)

Nikolay Ivanovich Lobachevskiy (1792-yil 20-noyabr (1-dekabr), Nijniy Novgorod - 1856-yil 12(24)-fevral, Qozon) — rus matematigi, noyevklid geometriyani yaratgan.

Qozon universitetini tugatgach (1811), shu universitetda oʻqituvchi, professor (1816), fakultet dekani (1820-26), rektor (1827-46). Lobachevskiy Yevklid geometriyasi parallellik aksiomasi oʻrniga boshqa aksioma kiritib, ziddiyatdan xoli mukammal geometriya — noyevklid geometriyani yaratdi. Zamondoshlari tan olmaganligiga qaramay, Lobachevskiyning ishlariga xayrixoh Karl Gauss tavsiyasi bilan Gyottingen ilmiy jamiyatining muxbir aʼzoligiga saylangan.

Lobachevskiy algebra (tenglamalarni taqribiy yechish usuli), matematik analiz (funksiyaning mukammal taʼrifi, qatorlarning yaqinlashish alomati), ehtimollar nazariyasi, mexanika va boshqa sohalarga muhim hissa qoʻshdi. Lobachevskiy moddiy qiyinchilik va xastaligiga qaramay, umrining oxirigacha ilmiy faoliyatini davom ettirdi. Lobachevskiy geometriyasining yaratilishi matematika taraqqiyotida katta voqea boʻldi, tabiat haqidagi tasavvurlarimizni boyitdi.

Manbalar[править | править код]