Makarenko Anton Semyonovich

Версия от 19:07, 12 июня 2018; Sf7 uz (обсуждение | вклад) („'''Makarenko Anton Semyonovich''' (1888, Ukrainaning Sumi viloyati Belopolye shahri — 1939, Moskva) — sovet pedagogi va yozuvchisi. == Tarjimai hol...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi)
(разн.) ← Предыдущая версия | Текущая версия (разн.) | Следующая версия → (разн.)

Makarenko Anton Semyonovich (1888, Ukrainaning Sumi viloyati Belopolye shahri — 1939, Moskva) — sovet pedagogi va yozuvchisi.

Tarjimai holi

Poltavadagi oʻqituvchilar institutini tugatgan (1917). 1920—30 yillarda Poltava shahri yaqinidagi voyaga yetmagan qonunbuzar bolalar mehnat koloniyasiga, Harkov yaqinidagi bolalar mehnat kommunasiga rahbarlik qilgan.

Pedagogik faoliyati

Makarenko pedagogika amaliyotida qonunbuzar-bolalarni ommaviy qayta tarbiyalash tajribasini amalga oshirdi. Jamoada tarbiya berish nazariyasi va metodikasini, oilaviy tarbiya nazariyasini ishlab chiqdi.

Yozuvchilik faoliyati

"Pedagogik poema" (1935), "Minoralardagi bayroqlar" (1938), "Oʻttizinchi yil marshi" (1932), "Ota-onalar kitobi" (1937) asarlari va bir kancha pedagogik maqolalar muallifi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Шаблон:OʻzME