Mashina tili

Материал из УзЭнц
Mashina tili
Milliy nomi: -{}-
Mamlakatlar:
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi:
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 }-
-{ISO 639-3 }-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Mashina tili - EHM va kompyuterlar uchun dasturlar (programmalar) tuzish "tili"; eng sodda algoritmik til. Uning mazmuni va kridalari raqamli hisoblash mashinalari va kompyuterlarda ishlab chiqiladi. Asosiy mohiyati axborotlar (dastlabki maʼlumotlar, rakamlar) ni kodlashdan iborat. Mashina tili timsollari — ikkilik sanok, tizimi (sakkizlik va oʻn oltilik sa-noq tizimiga oʻtkazib), odatda, timsollar, adreslar, amallar kodi va buyruq belgilariga guruxlanadi. Buyruqlardan masala algoritmlari amalga oshiruvchi dasturlar tuziladi. Dasturda har qaysi masala algoritmini amalga oshirish uchun aniq buyruklar boʻlishi kerak: sonlar xotira qurilmasining qaysi uyasida saqlanishi, sonlarni ishlatish va joʻnatish yoʻllari, hisoblash natijalari qayerda saqlanishi aniq koʻrsatiladi. Mashina tilining asosiy kamchiligi bir turdagi EHM va kom-pyuterlar uchun tuzilgan dasturlar boshqa turlardagilari uchun yaramaydi. Dasturlar tuzish uchun juda koʻp Mashina tili yaratilgan — algol, fortran, kobol, simula va boshqa Ularning har biri uchun mashina dasturini qayta tuzuvchi translyator mavjud. Ikkilik sanoq tizimidan koʻra mukammalroq yuqori darajadagi Mashina tili sifatida blok sxemalardan foydalaniladi (q. Programmapash).

Adabiyot[править | править код]

  • Aʼzamov A., Yoʻldoshev A., Beysik MSX, T., 1993.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil