Minor masjidi - Toshkent shahrida yangi qurilgan masjid.[1] Masjidning qurilish ishlari 2013-yil yoz oylarida boshlangan edi. 2014-yilning 1-oktyabrida, musulmonlarning katta Qurbon hayiti bayramida Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov yangi Minor masjidini ochib berdi.[2]. Masjid binosi anʼanaviy sharq va oʻzbek uslubida qurilgan ikki minorasi va osmon rang bir gumbaz bor. Masjidning ichi esa, naqsh tarzida bezatilgan. Masjid 2,400 dan ortiq odamlar uchun moʻljallangan. Masjidning ochilganidan soʻng „Minor“ masjidi Toshkentda va butun Oʻzbekiston boʻylab eng yirik musulmon diniy markazlaridan biriga aylandi. Masjidning qurilishi davlat byudjeti va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan moliyalashtiriladi. Masjid sayyohlar uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Barcha zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan.

Masjid
Minor masjidi
Minor
Файл:Minor Mosque Tashkent.jpg
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Manzil Kichik halqa yoʻli
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom, sharq va oʻzbek milliy meʼmorchiligi
Binokorlik 2013—2014
Soʻngi imom Anvar Tursunov
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 2
Qurilish materiali Marmar, gʻisht
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Sayt Minor.uz Rasmiy sayt

Koordinatalari: 41°19′25.15″N 69°14′14.32″E / 41.3236528°N 69.2373111°E / 41.3236528; 69.2373111

Файл:Minor masjidi.jpg
Minor masjidi

Manbalar Править

Havolalar Править