Nepal tili

Материал из УзЭнц
Nepal tili
Milliy nomi: -{नेपाली भाषा}-
Mamlakatlar: Nepal bayrogʻi Nepal Hindiston bayrogʻi Hindiston
Mintaqalar:
Rasmiylik holati: Nepal bayrogʻi Nepal
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi:
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 }-
-{ISO 639-3 }-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Nepal tili, nepaliy, nay pali, gorkhaliy, kxaskura — hind-yevropa tillari oilasining hind-oriy tillari guruhiga mansub, asosan, Nepal Qirolligida, qisman Xindi-ston shimoli va Butanda tarqalgan til. Soʻzlashuvchilarning umumiy miqsori 10 mln. kishidan ortiqroqdir. Tuzilishi jihatidan hindiy va sharqiy hind-oriy tillari (Mas, bengal tili) oʻrtasidadir. Dialektal tomondan markaziy (Katmandu vodiysi), gʻarbiy, sharqiy va togʻ etaklari lah-jalariga boʻlinadi. Ogʻzaki tilga qoʻshni tibet-birma tillari, xususan, nevari tili sezilarli taʼsir kursatgan. Adabiy tili Katmandu shevasi asosida shakllanmoqda, shu sababli yozma nutqda ogʻzaki til unsurlari koʻplab uchraydi. Nepal tilidagi hozirgi adabiyot 19-asrdan yaratila boshlagan; amalda devanagari yozuvidan foydalaniladi.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil