Oʻzbekiston SSR madhiyasi

Материал из УзЭнц
Oʻzbekiston SSR davlat madhiyasi
Ўзбекистон ССР давлат мадҳияси
So`z muallifi T.Fattox, T.Tula
Bastakor Mutal (Mutavakkil) Burhonov
Mamlakat Oʻzbekiston SSR madhiyasi/Oʻzbek SSJ Oʻzbek SSJ
Qabul qilindi 1947-yil
Bekor qilindi 10-dekabr 1992-yil
Tashqi videofayllar
Oʻzbekiston SSR davlat madhiyasi

Oʻzbekiston SSR davlat madhiyasi1947-yildan-1992-yilgacha Oʻzbekiston SSR milliy madhiyasi boʻlgan. Musiqa avtori — Mutal (Mutavakkil) Burhonov, soʻz muallifi — T.Fattox, T.Tula.

Oʻzbekcha versiyasi[править | править код]

Assalom, rus xalqi, buyuk ogʻamiz,
Barhayot dohiymiz Lenin, jonajon!
Ozodlik yoʻlini Siz koʻrsatdingiz,
Sovetlar yurtida oʻzbek topdi shon!
Partiya rahnamo, jon Oʻzbekiston,
Serquyosh oʻlkasan, obod, barkamol!
Tuprogʻing xazina, baxting bir jahon,
Sovetlar yurtida senga yor iqbol!
Serquyosh oʻlkada koʻrmasdik ziyo,
Daryolar boʻyida edik suvga zor.
Tong otdi, Inqilob, Lenin rahnamo,
Rahnamo Lenindan xalqlar minnatdor!
Partiya rahnamo, jon Oʻzbekiston,
Serquyosh oʻlkasan, obod, barkamol!
Tuprogʻing xazina, baxting bir jahon,
Sovetlar yurtida senga yor iqbol!
Kommunizm gulbogʻi mangu navbahor,
Toabad qardoshlik — doʻstlik barhayot!
Sovetlar bayrogʻi gʻolib, barqaror,
Bu bayroq nuridan porlar koinot!
Partiya rahnamo, jon Oʻzbekiston,
Serquyosh oʻlkasan, obod, barkamol!
Tuprogʻing xazina, baxting bir jahon,
Sovetlar yurtida senga yor iqbol!

Havolalar[править | править код]