Pyotr I

Материал из УзЭнц
Pyotr I
Пётр I
Pyotr I
 

Buyuk Pyotr (рус. Пётр Вели́кий) yoki Pyotr I (рус. Пётр I; 1672-yil 30-may (9-iyun), Moskva – 1725-yil 28-yanvar (8-fevral), Peterburg) – rus podshosi (1682-yildan), Rossiyaning 1-imperatori (1721-yildan). Podsho Aleksey Mixaylovich (1629–76)ning kichik oʻgʻli. Rossiyaning davlat, harbiy va madaniyat arbobi, diplomat.

Davlatni boshqarishda bir necha islohotlar oʻtkazgan (senat, kollegiyalar, oliy davlat nazorati va siyosiy qidiruv organlari tuzilgan; cherkov davlatga boʻysundirilgan; mamlakat gubernalarga boʻlingan; yangi poytaxt – Sankt-Peterburg qurilgan). Rossiyaning Gʻarbiy Yevropadagi ilgʻor davlatlardan ortda qolganligiga barham berish uchun sanoat va savdo sohasida merkantilizm siyosati oʻtkazgan (manufakturalar, metallurgiya, konchilik zavodlari, kemasozlik korxonalari, pristanlar, kanallar qurishga rahnamolik qilgan).

1695–96-yillarda Azov yurishlarida, 1700–21-yillarda Shimoliy urush va boshqalarda armiyani boshqargan, Noteburgni olishda (1702), Lesnaya daryosi (1708) va Poltava jangi (1709)da qoʻshinlarga qoʻmondon boʻlgan. Flot va muntazam armiya tuzishga rahbarlik qilgan. Mutlaq hokimiyat tizimining yirik mafkurachisi sifatida dvoryanlarning iqtisodiy ahvolini yaxshilash va siyosiy mavqeini mustahkamlashga yordam bergan. Buyuk Pyotr tashabbusi bilan bir qancha oʻquv yurtlari, FA ochilgan, diniy-slavyan alifbosi oʻrniga grajdan alifbosi qabul qilingan va hokazo. Pyotr I islohrtlari moddiy imkoniyatlar va odam kuchini qattiq ekspluatatsiya qilish, xalq ommasini ezish (jon soligʻi va boshqalar) hisobiga oʻtkazilganki, natijada, bunga qarshi qoʻzgʻolonlar (Streletslar, 1698; Astraxan, 1705–06; Bulavin, 1707–09 va boshqalar) boʻlib hukumat tomonidan ayovsiz bostirilgan.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil