Saam tili

Материал из УзЭнц
Saam tili
Milliy nomi: -{}-
Mamlakatlar:
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi:
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 }-
-{ISO 639-3 }-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Saam tili — fin-ugor tillaridan biri, boltiqboʻyi tillariga yaqin turadi. Norvegiya, Shvetsiya, Finlyandiya mamlakatlarining shim. qismida, RF ning Kola yarim orolida tarqalgan. Saam tilida 50 mingdan ortiq kishi soʻzlashadi. Saam tilining 2 lahjasi bor: gʻarbiy (Norvegiya va Shvetsiyada, Finlyandiyaning bir qismida) va sharqiy (Finlyandiyaning bir qismida va Kola yarim orolida). Mazkur mamlakatlarning har birida Saam tilining oʻziga xos adabiy shakllari mavjud.

Saam tilida unli va undoshlar bir necha darajadagi choʻziqlikka ega, undosh fonemalar soni anchagina, urgʻu soʻzlarning birinchi boʻgʻiniga tushadi. Koʻpchilik shevalarida ikkilik sonning boʻlishi Saam tilining oʻziga xos morfologik xususiyatidir. Otlar 8 kelishik boʻyicha turlanadi.

St. Norvegiya, Shvetsiya va Finlyandiyada 17-a.dan beri lotin grafikasi asosidagi yozuvga ega, boshlangich maktablarda Saam tili oʻqitiladi. Kola yarim oroli saamlari 1930—37 yillarda lotin grafikasi asosidagi yozuvdan foydalanganlar; oʻtgan asrning 80y.larida rus grafikasi asosidagi yozuv kayta tiklanib, maktablar uchun alifbe va lugʻatlar nashr etilgan.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil