Salor tili

Материал из УзЭнц
Salor tili
Milliy nomi: -{}-
Mamlakatlar:
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi:
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 }-
-{ISO 639-3 }-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Salor tili — turkiy tillardan biri. XXRning bir qator gʻarbiy viloyatlarida, asosan, Sinxay viloyatining SyunxuaSalor muxtor uyezdida tarkalgan. Soʻzlashuvchilar soni 22 ming kishidan ortiq. Dialektal jihatdan boʻlinishi deyarli sezilmaydi; garbiy, sharqiy va oraliq sheva guruhlari farqlanadi. Tarkibidagi anchagina qad. unsurlar St.ni turkiy tillarning qipchoq guruhi bilan aloqadorligini koʻrsatadi. Qad. oʻgʻuz qatlami bilan qipchoq unsurlari qatlami qoʻshilishi natijasida Salor tilida joʻnalish kelishigi affikslari ikkiga tarmoqlanib (a/e, gʻa/ga), qaratqich va tushum kelishiklari esa bir shaklga (ni) birlashadi, oʻtgan zamon feʼli gʻan va mish shakllariga ega boʻladi. Bunday parallelliklar leksikada ham uchraydi. 14-a. da salorlar Xitoyga koʻchganlaridan keyin Salor tiliga qipchoq tillarining taʼsiri toʻxtab, boshqa tizimdagi tillarining (xitoy, tibet) taʼsiri boshlanadi. Salor tilida 15 — 17-a.larga mansub diniy va tarixiy mazmundagi asarlar (arab grafikasida) saqlanib qolgan. Hozirgi St. oddiy soʻzlashuv tili hisoblanadi.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil