Sariq uygʻur tili

Материал из УзЭнц
Sariq uygʻur tili
Milliy nomi: -{}-
Mamlakatlar:
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi:
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 }-
-{ISO 639-3 }-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Sariq uygʻur tili - sharqiy turkiy tillardan biri; asosan, XXRning Gansu viloyatidagi Minxua mintaqasida tarqalgan. Soʻzlashuvchilar soni taxminan 4—5 ming kishidan iborat. Aniq dialektal boʻlinishga ega emas; togʻlik va dashtlik aholi shevalarida fonetika va leksika sohalarida ayrim tafovutlar kuzatiladi.

Sariq uygʻur tilit. leksikasi turkiy va noturkiy (sanskrit, tibet, moʻgʻul, xitoy) tillarga xos unsurlar qorishmasidan iborat, lekin grammatik qurilishi asl turkiyligicha saqlanib qolgan. Sariq uygʻur tilit. ning oʻtmishda qad. uygʻur tiliga yaqin boʻlganligi haqida taxminlar bor. Sariq uygʻurlar 18-a. oxirlarigacha qad. uygʻur adabiy tilidan foydalanib kelgan va keyinchalik tibet tilining taʼsirida qad. uygʻur yozuvi unutilgan boʻlsa kerak. Sariq uygʻur tilit. oddiy soʻzlashuv tili boʻlib qolmoqda.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil