Sharqiy Osiyo

Материал из УзЭнц
Toʻq yashil bilan geografik Sharqiy Osiyo, och yashil bilan madaniy maʼnodagi Sharqiy Osiyo koʻrsatilgan.

Sharqiy Osiyo tamasi ostida Osiyo qitʼasining sharqiy mintaqasi tushuniladi. Geografik Sharqiy Osiyoning yuzasi 12 000 000 km2 (Osiyoning 28 foizi) ni tashkil etadi. Aholisi — 1,5 milliarddan koʻp (Osiyo aholisining 40 foizi). Osiyodagi tabiiy oʻlka (baʼzida bir guruh tabiiy oʻlkalar sifatida koʻriladi). Tinch okeanga tutash taxminan 60° va 20° shahrik.lar oraligʻidagi tropik, subtropik va moʻʼtadil mintaqalarni oʻz ichiga oladi. Relyefi murakkab tuzilishga ega, oʻrtacha balandlikdagi togʻ va togʻliklar (Jugjur, SixoteAlin, Katta Xingan, Sinlin, Nanlin, Kamchatka) va akkumulyativ tekisliklar (Amurboʻyi, Shim.

Sharqiy Xitoy, Buyuk Xitoy) almashinib keladi. Sh.O.ning katta qismi Gʻarbiy Tinch okean geosinklinal mintaqasida joylashgan. Vulkan koʻp, seysmik faol zona. Iqlimi yozi sernam mussonli va qishi quruq iqlim. Yoz va quz oylarida tayfun qoʻp boʻladi. Tabiiy oʻsimliklari, asosan, shim.da aralash va tayga oʻrmonlari, jan.da keng bargli subtropik va tropik oʻrmonlardan iborat. Qurgʻoqchil hududlarda oʻrmondasht va dasht oʻsimliklari oʻsadi. Tekisliklarda aholi zich, katta maydonlar ekinzor. Sh.O.da Rossiya va Xitoyning sharqiy qismi. Yaponiya, Koreya (KXDR va Koreya Respublikasi) joylashgan, baʼzida Filippinni ham shu oʻlka tarkibiga kiritadilar.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil