Shavkat Alimov

Материал из УзЭнц
Shavkat Alimov
Alimov Shavkat Orifjonovich
Tavallud sanasi: 2-mart 1945 (1945-03-02) (79 yosh)[1]
Tavallud joyi: Nukus
Fuqaroligi: Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Shavkat Orifjonovich Alimov (1945.2.3, Nukus) — matematik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), fizika-mat, fanlari doktori (1973), professor (1974). Moskva davlat universiteti (MDU)ni tugatgan(1967). MDUda (1974—84) ishlagan, Toshkent Davlat Universiteti kaf. mudiri va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Matematika institutida direktor o‘rinbosari (1984-85), Samarqand Davlat Universiteti (1985-87), Toshkent Davlat Universiteti (1987—89) rektori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri (1990-91), Toshkent Davlat Universiteti kaf. mudiri (1991-94). Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari (1994—95), O‘zbekiston Respublikasining XXRdagi favqulodda va muxtor elchisi (1995—98), Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va di-plomatiya universitetida prorektor (1998 yildan). Asosiy ilmiy ishlari matematik fizi-kaning xususiy hosilali differensial tenglamalari muammolariga, xususan o‘z-o‘ziga qo‘shma elliptik operatorlarning spektral nazariyasiga, differensial va integral tenglamalar muammolariga bag‘ishlangan. "Karrali qatorlar va Fu-re integrallari" monografiyasi Ger-maniyada ("Springer Verlag" nashriyoti) ingliz tilida nashr etilgan (1991). Be-runiy nomidagi O‘zbekiston Davlat mu-kofoti laureati (1985).

Manbalar[править | править код]