Shavkat Ibrohimovich Karimov
Karimov Shavkat Ibrohimovich (1943.21.6, Toshkent) — xirurg olim. Oʻzbekiston FA akad. (1996), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1993), tibbiyot fanlari d-ri (1981), prof. (1983). ToshTI ni tugatgan (1966). ToshTI xirurgiya kafedrasi izlanuvchisi, assistenti va dotsenti (1969— 76), Kardiologiya i.t. instituti ilmiy ishlar boʻyicha direktor muovini (1976—79), 1979 y.dan ToshTI gospital fakultet xirurgiyasi kafedrasi mudiri. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri (1991—98), "Oʻzbekiston tibbiyot jurnali" bosh muharriri (1991—98). K.ning ilmiy ishlari aorta va qon tomir kasalliklari, jigar sirrozi va mexanik sariklik, endovaskulyar va endobiliar jarrohlik, oʻtkir peritonitning ogʻir asoratlari, oʻpka va plevraning oʻtkir va surunkali, shuningdek, jadal jarrohlik kasalliklari, qandli diabetni xirurgik usulda davolashni takomillashtirishga oid.[1] Nyu-York (1995), Kaliforniya (1996) akademiyasi, Rossiya tibbiyot FA (2001) akad. Gepatopankreatoduodenal xirurgiya Yevropa assotsiatsiyasi (1987), N.I. Pirogov nomidagi xirurglar assotsiatsiyasi (1996), Rossiya Gepatologlar xirurgiyasi assotsiatsiyasi (2000) aʼzosi.[2]
Shavkat Ibrohimovich Karimov | ||
| ||
---|---|---|
1991-yildan — 1998-yilgacha | ||
Prezident: | Islom Karimov | |
Oʻtmishdoshi: | lavozim ta'sis etilgan | |
Vorisi: | Feruz Nazirov | |
Tavalludi: | 21-iyun 1943 (80 yosh) Toshkent |
Manbalar Править
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Mediko-sotsialnie aspekti semeyno-brachnix otnosheniy v Oʻzbekistane, T., 1995; Oxrana reproduktivnogo zdorovya jenshin v Respubliki Oʻzbekistan, T., 1996; Zdravooxraneniya Oʻzbekistana. Problemi i perspektivi, T., 1998; Ekstragenital kasalliklar va homiladorlik. (A. G. Gadoyev bilan hamkorlikda), T., 1998
Ушбу мақолани ёзишда Ўзбекистон миллий энциклопедияси (2000-2005) маълумотларидан фойдаланилган. |