Toʻraqoʻrgʻon
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan, yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring. |
Toʻraqoʻrgʻon — Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi shahar (1979-yildan). Tuman markazi. Viloyat markazi Namangan shahridan 12 km uzoqlikda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Toʻraqoʻrgʻon (5 km). Aholisi 22,6 ming kishi (2004). Shahar yonidan Kosonsoy oqib oʻtadi.
Shahar
Toʻraqoʻrgʻon
|
Ijtimoiy soha Править
Tumanda "OhangarIII", "Koopagrofirma" aksiyadorlik jamiyatlari, "Shirinlik" Oʻzbekiston—Gollandiya, "Axsikent" qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatadi. 6 qurilish korxonasi, 55 savdo, 25 umumiy ovqatlanish, 62 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, qishloq xoʻjaligi, qurilish va maishiy xizmat koʻrsatish, kasbhunar kollejlari va iqtidorli bolalar litseyi, 6 umumiy taʼlim maktabi, madaniyat saroyi, 2 muzey, 4 kutubxona, 7 tibbiyot muassasasi, shu jumladan, markaziy kasalxona, kattalar va bolalar poliklinikalari, tez yordam markazi boʻlimi faoliyat koʻrsatadi. Shahar yonidan Namangan — Toshkent avtomagistrali oʻtgan. Namangan — T. yoʻnalishida trolleybuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.
Ушбу мақолани ёзишда Ўзбекистон миллий энциклопедияси (2000-2005) маълумотларидан фойдаланилган. |