Toshkent davlat texnika universiteti

Материал из УзЭнц

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti — Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlaridan biri.

Tarix[править | править код]

Oʻzbekiston Prezidentining 30-aprel 1991-yil farmoniga asosan Vazirlar Mahkamasi 13-may 1991-yilda qabul qilgan 130-sonli qarori bilan Toshkent politexnika instituti va Toshkent mashinasozlik instituti birlashtirilishi zaminida vujudga keldi. Ayni vaqtda Vazirlar mahkamasi ToshPIning sanoat-fuqarolik qurilishi, qurilish muhandisligi, meʼmorchilik fakultetlarini birlashtirib — Toshkent meʼmorchilik — qurilish instituti, kimyo- texnologiya, oziq-ovqat texnologiyasi fakultetlarini birlashtirib — Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etish haqida ham qaror qabul qilgan boʻlib, amalda ikki institutni birlashtirib, uchta mustaqil oliy texnika oʻquv yurtlari- Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent me'morchilik–qurilish instituti, Toshkent kimyo–texnologiya instituti tashkil etilgan edi. Navbatdagi qayta qurishlardan omon qolgan Toshkent politexnika institutining: 1) geologiya-qidiruv; 2) kon-metallurgiya; 3) avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari; 4) sanoat energetikasi; 5) neft va gaz; 6)radioelektronika va avtomatika; 7) energetika fakultetlari Toshkent mashinosozlik institutining: 1) mexanika; 2) tehnologiya; 3)mashinalar va apparatlarni konstruksiyalash; 4) traktor va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi fakultetlari bilan qoʻshilib, yangi — Toshkent davlat texnika universiteti tarkibi yaratildi va yangi maqomda amal qila boshladi[1].

Manbalar[править | править код]