Toshkent islom universiteti
Islom universiteti, Toshkent islom universiteti — islom dini boʻyicha malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti va yirik ilmiy markaz. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida, 1999-yil 7-aprelda tashkil etilgan. Universitetda islom tarixi va falsafasi; shariat (fiqh), iqtisod va tabiiy fanlar fakultetlari; dinshunoslik, islomshunoslik; demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti; sharq tillari; gʻarb tillari; informatika va tabiiy fanlar; jismoniy tarbiya kafedralari hamda jahon dinlarini qiyosiy oʻrganish boʻyicha YUNESKO kafedrasi bor. Oʻquv bosqichlari: bakalavrlik — 4 yil, magistratura — 2 yil Universitet dinshunoslik, islomshunoslik, islom huquqi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, informatika va axborot texnologiyasi buyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Un-tda 2002—2003 oʻquv yilida 470 dan ortiq talaba oʻqidi, 100 dan ortiq professor-oʻqituvchilar, shu jumladan, 15 fan doktori, 41 fan nomzodi va dotsent ishladi. Aspirantura va doktorantura bor. 2000 yildan universitet qoshida akademik litsey ochilgan. Un-t ilmiy kutubxona (42 ming asar, asosan, darslik va ilmiy kitoblar), manbalar xazinasi, nashriyotiga ega. Manbalar xazinasi mamlakatimiz va xorijda mavjud boʻlgan qoʻlyozma va nodir kitoblar bilan boyitib boriladi. Un-t tarkibida Islomshunoslik ilmiy tadqiqotlar markazi bor. Bu markazda Qurʼon, tafsirlarni oʻrganish, islom tarixi va falsafasi, shariat (fiqh), maʼnaviyat, madaniyat va sanʼat, manbashunoslik va qoʻlyozmalarni oʻrganish boʻlimlari mavjud. Toshkent islom universitetida "Sharqshunoslik fanlari" sohasi boʻyicha doktorlik dissertatsiyalari himoyasiga ixtisoslashgan kengash tuzilgan. Un-t Sharq va Gʻarb tillarini mukammal oʻqitish maqsadida zamonaviy texnik vositalar bilan taʼminlangan. Lingofon kabineti va arab tili markazi faoliyat koʻrsatadi. Toshkent islom universitetini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilgan (1999). Toshkent islom universiteti AQSH, Angliya, Fransiya, Gollandiya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Misr Arab Respublikasi, BAA va boshqa davlat universitetlari hamda ilmiy tadqiqotlar markazlari bilan aloqalar oʻrnatgan.
Toshkent Islom Universiteti (TIU) | |
---|---|
Файл:Ташкентский исламский университет при Кабинете Министров Республики Узбекистан (ТИУ).JPG | |
Xalqaro nomi | Tashkent Islamic University |
Shiori | diniy bagʻrikenglik |
Asos solingan | 1999-yil |
Oʻquv yurti turi | Universitet |
Rektori | Ravshan Abdullayev |
Talabalari | 125 |
Fakultetlar | 5 ta |
Bakalavriat | 4 yil |
Magistratura | 2 yil |
Akademiklar | 1 ta |
Fan doktorlari | 11 ta |
Manzili | Abdulla Qodiriy koʻchasi 11, Toshkent shahri, Oʻzbekiston |
Vebsayti | www.tiu.uz |
Abdulhay Abdullayev.[1]
Manbalar