Toshmuhamedova, Dilorom Gʻofurjonovna

Версия от 22:41, 1 октября 2018; Sf7 uz (обсуждение | вклад) („{{Shaxsiyat |ismi = Toshmuhamedova Dilorom Gʻofurjonovna |asl ismi = Тошмуҳамедова Дилором Ғофуржоновна |tavallud sanas...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi)
(разн.) ← Предыдущая версия | Текущая версия (разн.) | Следующая версия → (разн.)

Toshmuhamedova Dilorom Gʻofurjonovna (1962-yil 19-dekabrda tavallud topgan) - Oʻzbekistonlik siyosatchi. 2008-2015 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri[1].

Toshmuhamedova Dilorom Gʻofurjonovna
Тошмуҳамедова Дилором Ғофуржоновна
Tavallud sanasi: 19-fevral 1962 (1962-02-19) (62 yosh)
Tavallud joyi: Toshkent viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi: Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Partiyasi: Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi

Tarjimai holi

Toshkent viloyatida xizmatchi oilasida dunyoga kelgan.

1984-yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini va 2003-yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan [1]. Maʼlumoti boʻyicha shifokor.

Toshmuhamedova birinchi marotaba 2001-yilda, oʻsha paytlar bir palatalik boʻlgan, Oliy Majlisga saylangan.

2005-yilda Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi birinchi sekretari lavozimiga saylangan va partiyaning parlamentdagi fraksiya raisiga aylangan.

Partiya 2007-yil prezident saylovlarida uni oʻzidan nomzod sifatida koʻrsatdi[2]. U Oʻzbekiston prezidentlik saylovida ishtirok etgan birinchi ayol nomzod boʻlgan. Saylov natijasiga koʻra, u 2,94% (434 ming 111 nafar) saylovchilar ovozlarini yigʻdi[3].

2008-yil 23-yanvarda u Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri etib saylandi[4].

2015-yil 5-yanvar kungi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 1-majlisida uning oʻrnini deputat, Mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi raisi Nuriddinjon Ismoilov egalladi [5].

2018-yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori sifatida faoliyat yuritdi.

Manbalar

Yana qarang

Ilgizar Sobirov

Murod Sharifxoʻjayev

Turkum:Oʻzbekiston:Yetakchilar Turkum:Kishilar: Oʻzbekiston Turkum:Oʻzbekiston prezidentligiga nomzodlar