Turizm: различия между версиями

Материал из УзЭнц
Содержимое добавлено Содержимое удалено
(„'''Turizm''' ({{lang-fr|tour}} — sayr, sayohat), sayyohlik — sayohat (safar) qilish; faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsn...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi)
 
Нет описания правки
Строка 1:
'''Turizm''' ({{lang-fr|tour}} — sayr, sayohat), sayyohlik — sayohat (safar) qilish; faol dam olish turlaridan biri.
 
Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sogʻlomlashtirish, maʼrifiy, kasbiyamaliykasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq toʻlanadigan faoliyat bilan shugʻullanmagan holda uzogʻi bilan 1 y.yil muddatga joʻnab ketishi (sayohat qilishi) tushuniladi.
 
== Tarixi ==
Turizmning tarixi 19-asr boshlariga borib takaladitaqaladi. Dastlab Angliyadan FraniiyagaFransiyaga uyushgan sayyohlik tashkil etilgan (1815 y.yil). Turizmning asoschisi hisoblanmish ingliz ruhoniysi Tomas Kuk 1843 yilda 1temir1-temir yoʻl sayyoxligini tashkil qildi. Shundan soʻng u oʻzining xususiy turistik korxonasini tuzdi va 1866 y. dastlabki sayyoxliksayyohlik guruxlari AQShga joʻnatiddijoʻnatildi. Sharqda arab sayyohi Ibn Battuta 21 yoshida sayohatini boshlab, deyarli barcha Sharq va Shim.Shimoliy Afrika mamlakatlarini piyoda kezib chikdichiqdi.
 
Movarounnahrda ilk sayyohlarning safarlari Amir Temur va temuriylar davrida faollashgan. Amir Temur fransuz qiroli Karl VI va ingliz qiroli Genrix IV bilan doimiy aloqada boʻlgan. Uning elchisi 1403 y.yil Parijga kelgan. Ispaniyalik Klavixoning "Buyuk Temurning hayoti va faoliyati" kitobida Movarounnahrdagi ijtimoiy hayot va sayyoxlarning Temur davlatiga intilishi aks etgan.
 
Hozirgi davrda Turizmturizm dunyoning juda koʻp mamlakatlarida ommaviy tuyetus olgan. Odatda, Turizmturizm turistik tashkilotlar orqali turistik marshrutlar boʻyicha uyushtiriladi. Turizmning juda koʻp turlari va shakllari mavjud (ichki, xalqaro, havaskorlik Turizmiturizmi, uyushgan Turizmturizm, yaqin joyga sayohat, uzoqqa sayohat, bilim saviyasini kengaitirishkengaytirish maqsadida Turizmturizm, toqqa chiqish, suv Turizmiturizmi, avtoturizm, piyoda yuriladigan Turizmturizm, sport Turizmiturizmi va boshqalar).
 
== Oʻzbekiston turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ==
Oʻzbekistonda Turizmturizm sohasiga rahbarlikni "Oʻzbekturizm"Oʻzbekiston milliyturizmni kompaniyasirivojlantirish (1992davlat y.qoʻmitasi 27(oldingi iyuldaOʻzbekturizm" tuzilganmilliy kompaniyasi) olib boradi. KompaniyaningQoʻmitaning asosiy vazifasi Turizmturizm infrastrukturasini rivojlantirish, chet el sarmoyasini jalb qilib zamonaviy turistik komplekslarni barpo etish, yangi turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqish, xizmatlar doirasini kengaitirishkengaytirish va boshqalardan iboraTurizmiborat.
 
"Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi sayohat qilish turiga qarab quyidagi turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqqan: klassik yoʻnalish (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent; Toshkent, Samarkand, BuxoroShahrisabz, Toshkent). Bu yoʻnalish eng qad. yodgorliklar va boshqa tarixiymadaniy obidalarga tashrif bilan bogʻliq; ekologik Turizm yoʻnalishi (Chimyon, Chorvoq dam olish va davolanish oromgohi, Zomin qoʻriqxonasi, Buxoro viloyatidagi qoʻriqxonalar). Bu yoʻnalish alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va sayyohlar uchun ekologik jihatdan qulay gʻamda foydali hisoblanadigan joylarga tashrif bilan bogʻliq; arxeologik Turizm yoʻnalishi (Qoraqalpogʻiston, Surxondaryo, Samarkand hududdari boʻylab). Bu yoʻnalish Oʻzbekistonning eng qad. topilmalari va arxeologik qazishmalar olib borilayotgan joylari bilan tanishishni maqsad qilib qoʻyadi; ekstre mal Turizm yoʻnalishi (Chimyon, Fargʻona vodiysi, Orol boʻyi, Buxoro, Navoiy viloyati hududlari boʻylab); liniy Turizm yoʻnalishi (Toshkent, Samarkand, Buxoro, Toshkent) — mamlakatimizdagi tarixiy diniy obidalarni ziyorat qilish bilan bogʻliq.
 
Turizm sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish, shuningdek, turistlar va turistik faoliyat subʼyektlariningsubyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining "Turizm toʻgʻrisida"gi qonuni kabulqabul kilinganqilingan (1999 y.yil 20 avg .avgustda). Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2005 yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi toʻgʻrisida"gi farmoni (1999 y. 15 aprel) sohani rivojlantirishda muhim omil boʻldi.
 
Turizm tashkilotlarini takomillashtirish hamda kichik va oʻrta turistik korxonalarning xizmat koʻrsatish bozorini faollashtirish, shuningdek, xorijiy sarmoyani Turizmturizm sohasiga jalb kilishqilish maqsadida 1998 y.yil Oʻzbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan Toshkentda "Xususiy sayyoxlik tashkilotlari uyushmasi" tashkil etildi. U 300 dan ziyod turistik korxonalar bilan yaqindan aloqada boʻlib faoliyat olib boradi. Oʻzbekistonda "Kumushkon" turistik bazasi va "Sanzar" kemping majmuasi mavjud boʻlib, ular "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi tizimi tashkilotlari hisoblanadi. Shu bilan birga Chorvoq, Chimyon, Beldersoy dam olish oromgohlari va yuzga yaqin xususiy mehmonxonalar ishlab turibdi. Oʻzbekistonda koʻplab turistlarni qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlgan mehmonxonalar soni tobora oʻsib bormoqda.
 
Oʻzbekiston 1993 yilda oʻz safiga 120 dan ortiq mamlakatni birlashtirgan Jahon turistik tashkiloti (WTO; 1975 y.yil tuzilgan)ga aʼzo boʻldi. Shuningdek, Oʻzbekiston WTO Yevropa komissiyasi rayosatining ham aʼzosidir. 2004 y.yil "Buyuk ipak yoʻli" loyihasi doirasida Samarkand viloyatida Jahon turistik tashkilotining vakolatxonasini ochish koʻzda tutilgan. Oʻzbekistonda Turizmturizm sohasiga oid "Buyuk ipak yoʻli" xalqaro turistik reklamaaxborotreklama-axborot gaz.gazetasi (1994 yildan), "Biznes Gayd" JURjurnali (RUS[[Rus tili|rus]] va [[Ingliz tili|ingliz]] tillarida) va boshqa ommaviy nashrlar chop etiladi.<ref>Tuxliyev N., Taksanov A.,Ekonomika bolshogo turizma, T., 2001.</ref>
 
== Manbalar ==
<references />{{OʻzME}}
{{stub}}

Версия от 00:33, 15 ноября 2018

Turizm (frans. tour — sayr, sayohat), sayyohlik — sayohat (safar) qilish; faol dam olish turlaridan biri.

Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sogʻlomlashtirish, maʼrifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq toʻlanadigan faoliyat bilan shugʻullanmagan holda uzogʻi bilan 1 yil muddatga joʻnab ketishi (sayohat qilishi) tushuniladi.

Tarixi

Turizmning tarixi 19-asr boshlariga borib taqaladi. Dastlab Angliyadan Fransiyaga uyushgan sayyohlik tashkil etilgan (1815 yil). Turizmning asoschisi hisoblanmish ingliz ruhoniysi Tomas Kuk 1843 yilda 1-temir yoʻl sayyoxligini tashkil qildi. Shundan soʻng u oʻzining xususiy turistik korxonasini tuzdi va 1866 y. dastlabki sayyohlik guruxlari AQShga joʻnatildi. Sharqda arab sayyohi Ibn Battuta 21 yoshida sayohatini boshlab, deyarli barcha Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarini piyoda kezib chiqdi.

Movarounnahrda ilk sayyohlarning safarlari Amir Temur va temuriylar davrida faollashgan. Amir Temur fransuz qiroli Karl VI va ingliz qiroli Genrix IV bilan doimiy aloqada boʻlgan. Uning elchisi 1403 yil Parijga kelgan. Ispaniyalik Klavixoning "Buyuk Temurning hayoti va faoliyati" kitobida Movarounnahrdagi ijtimoiy hayot va sayyoxlarning Temur davlatiga intilishi aks etgan.

Hozirgi davrda turizm dunyoning juda koʻp mamlakatlarida ommaviy tus olgan. Odatda, turizm turistik tashkilotlar orqali turistik marshrutlar boʻyicha uyushtiriladi. Turizmning juda koʻp turlari va shakllari mavjud (ichki, xalqaro, havaskorlik turizmi, uyushgan turizm, yaqin joyga sayohat, uzoqqa sayohat, bilim saviyasini kengaytirish maqsadida turizm, toqqa chiqish, suv turizmi, avtoturizm, piyoda yuriladigan turizm, sport turizmi va boshqalar).

Oʻzbekiston turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

Oʻzbekistonda turizm sohasiga rahbarlikni Oʻzbekiston turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (oldingi Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi) olib boradi. Qoʻmitaning asosiy vazifasi turizm infrastrukturasini rivojlantirish, chet el sarmoyasini jalb qilib zamonaviy turistik komplekslarni barpo etish, yangi turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqish, xizmatlar doirasini kengaytirish va boshqalardan iborat.

"Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi sayohat qilish turiga qarab quyidagi turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqqan: klassik yoʻnalish (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent; Toshkent, Samarkand, BuxoroShahrisabz, Toshkent). Bu yoʻnalish eng qad. yodgorliklar va boshqa tarixiymadaniy obidalarga tashrif bilan bogʻliq; ekologik Turizm yoʻnalishi (Chimyon, Chorvoq dam olish va davolanish oromgohi, Zomin qoʻriqxonasi, Buxoro viloyatidagi qoʻriqxonalar). Bu yoʻnalish alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va sayyohlar uchun ekologik jihatdan qulay gʻamda foydali hisoblanadigan joylarga tashrif bilan bogʻliq; arxeologik Turizm yoʻnalishi (Qoraqalpogʻiston, Surxondaryo, Samarkand hududdari boʻylab). Bu yoʻnalish Oʻzbekistonning eng qad. topilmalari va arxeologik qazishmalar olib borilayotgan joylari bilan tanishishni maqsad qilib qoʻyadi; ekstre mal Turizm yoʻnalishi (Chimyon, Fargʻona vodiysi, Orol boʻyi, Buxoro, Navoiy viloyati hududlari boʻylab); liniy Turizm yoʻnalishi (Toshkent, Samarkand, Buxoro, Toshkent) — mamlakatimizdagi tarixiy diniy obidalarni ziyorat qilish bilan bogʻliq.

Turizm sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish, shuningdek, turistlar va turistik faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining "Turizm toʻgʻrisida"gi qonuni qabul qilingan (1999 yil 20 avgustda).

Turizm tashkilotlarini takomillashtirish hamda kichik va oʻrta turistik korxonalarning xizmat koʻrsatish bozorini faollashtirish, shuningdek, xorijiy sarmoyani turizm sohasiga jalb qilish maqsadida 1998 yil Oʻzbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan Toshkentda "Xususiy sayyoxlik tashkilotlari uyushmasi" tashkil etildi. U 300 dan ziyod turistik korxonalar bilan yaqindan aloqada boʻlib faoliyat olib boradi. Oʻzbekistonda "Kumushkon" turistik bazasi va "Sanzar" kemping majmuasi mavjud boʻlib, ular "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi tizimi tashkilotlari hisoblanadi. Shu bilan birga Chorvoq, Chimyon, Beldersoy dam olish oromgohlari va yuzga yaqin xususiy mehmonxonalar ishlab turibdi. Oʻzbekistonda koʻplab turistlarni qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlgan mehmonxonalar soni tobora oʻsib bormoqda.

Oʻzbekiston 1993 yilda oʻz safiga 120 dan ortiq mamlakatni birlashtirgan Jahon turistik tashkiloti (WTO; 1975 yil tuzilgan)ga aʼzo boʻldi. Shuningdek, Oʻzbekiston WTO Yevropa komissiyasi rayosatining ham aʼzosidir. 2004 yil "Buyuk ipak yoʻli" loyihasi doirasida Samarkand viloyatida Jahon turistik tashkilotining vakolatxonasini ochish koʻzda tutilgan. Oʻzbekistonda turizm sohasiga oid "Buyuk ipak yoʻli" xalqaro turistik reklama-axborot gazetasi (1994 yildan), "Biznes Gayd" jurnali (rus va ingliz tillarida) va boshqa ommaviy nashrlar chop etiladi.[1]

Manbalar

  1. Tuxliyev N., Taksanov A.,Ekonomika bolshogo turizma, T., 2001.

Шаблон:OʻzME