Xodjayev, Botir Asadillayevich
Botir Asadillayevich Xoʻjayev (oʻzb. Ботир Асадуллаевич Хўжаев, рус. Батир Асадиллаевич Ходжаев; 1956-yil 11-iyulda Toshkentda tug'ilgan) — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri. OʻzSSR davlat arbobi Asadilla Xoʻjayevning kenja farzandi.
Biografiyasi
- 1979-yilda Toshkent temir yoʻl muhandislari institutini tugatgan[1][2][3].
- 1992-1994 yillarda – Toshkent shahri Chilonzor tumani hokimining birinchi o’rinbosari;
- 1994-1996 yillarda – Toshkent shahar hokimining o’rinbosari;
- 1996-1997 yillarda - Oʻzbekiston Davlat mulkini boshqarish davlat qo’mitasi raisining o’rinbosari;
- 1997-1998 yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining makroiqtisodiy rivojlantirish departamenti bo’lim mudiri;
- 1998-2000 yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi o’rinbosari;
- 2000-2002 yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi;
- 2002-2004 yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining makroiqtisodiy rivojlantirish departamenti mudiri;
- 2004-2005 yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar departamenti mudiri;
- 2005-2006 yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining davlat maslahatchisi;
- 2006-2009 yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri;
- 2009-2011 yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari – Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi raisi;
- 2011-2016 yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi o’rinbosari;
- 2016-2017 yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri.
- 2017-yil 28-noyabrdan — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri[4]
Oilasi
- Akasi - Xoʻjayev Bahodir Asadillayevich – 1992-yildan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining birinchi prorektori.
Manbalar
- ↑ Minister of Finance. Minsitère des Finances. 6 iyul 2017..
- ↑ Centrasia:ХОДЖАЕВ Батир Асадиллаевич. 6 iyul 2017..
- ↑ UzDaily:O'zbеkiston moliya vazirining yangi birinchi o'rinbosari tayinlandi..
- ↑ http://m.kun.uz/news/2017/11/28/uzbekistonda-ikki-vazir-uzgardi-manba
Turkum:Oʻzbekiston:Yetakchilar
Шаблон:Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shaxsiy tarkibi