Abdulla Oripov (siyosatchi)

Версия от 09:01, 7 апреля 2018; 213.230.93.65 (обсуждение)
(разн.) ← Предыдущая версия | Текущая версия (разн.) | Следующая версия → (разн.)

Shoir Abdulla Oripov bilan adashtirib yuborilmasin.

Aripov Abdulla Nigʻmatovich[1]
Арипов Абдулла Ниғматович
Aripov Abdulla Nigʻmatovich[1]
Oʻzbekiston Bosh vaziri
2016-yil 14-dekabrdan
Prezident: Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi: Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari
2016-yil 13-sentyabrdan — 2016-yil 14-dekabrgacha
Prezident: Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi: Adham Ikromov
Vorisi: Botir Xoʻjayev
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari
2002-yildan — 2012-yilgacha
Prezident: Islom Karimov
Oʻtmishdoshi: Alisher Azizxoʻjayev
Vorisi: Bahodir Xodiyev
 
Fuqaroligi: Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavalludi: 24-may 1961 (1961-05-24) (62 yosh)
Toshkent, OʻzSSR
Partiyasi: Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi
 
Mukofotlari:

Mehnat shuhrati ordeni

Abdulla Nigʻmatovich Aripov (1961-yil 24-may, Toshkent) - Oʻzbekiston davlat arbobi, Respublika Bosh vaziri[2], yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari[3]. Iqtisod fanlari nomzodi. Doʻstlik ordeni va Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan.

Tarjimai holi

  • 1961-yil 24-mayda Toshkent shahrida tug'ilgan. Millati — oʻzbek.
  • Maʼlumoti — oliy. 1983-yilda Toshkent Aloqa elektrotexnika institutini (hozirgi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetini) tamomlagan.
  • 1983-1992 yillarda Toshkent telefon-telegraf stansiyasida 1-toifali muhandis.
  • 1992-1993 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligida bosh mutaxassis
  • 1993-1995 yillarda „Oʻzimpeksaloqa“ tashqi savdo firmasining direktor oʻrinbosari.
  • 1995-yilda Oʻzbekiston Aloqa vazirligining qurilish va taʼminot boʻlimi rahbari.
  • 1995-1996 yillarda „TashAfinalAL“ QKning bosh direktori, shuningdek, Oʻzbekiston Aloqa vazirligi xususiylashtirish va raqobatni kuchaytirish boʻlimini boshlig'i.
  • 1997-yilda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi bozor islohotlari va qimmatli qogʻozlar boʻlimi rahbari.
  • 1997-2000 yillarda, Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish Davlat fondi raisi.
  • 2000-2001 yillarda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi direktori oʻrinbosari, 2001-yil 15-avgustdan agentlik bosh direktori.
  • 2002-yil 30-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻribosari - Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori etib tayinlangan.
  • 2009-yil oktabrdan boshlab shuningdek, ijtimoiy soha, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat masalalari majmuasi rahbari bo'lgan.
  • 2012-yildan 2016-yilgacha Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar majmuasi boʻlim mudiri.
  • 2016-yil 13-sentyabridan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari lavozimiga qaytgan va yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari majmuasi rahbari etib tayinlangan.
  • 2016-yil 12-dekabrda Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi tomonidan Bosh vazirlik lavozimiga nomzodi koʻrsatilgan[4]. 14-dekabrda ushbu lavozimga tasdiqlandi.

Oilasi

Oilali, besh nafar qizi bor. Akasi - Hamidilla Nigʻmatovich Oripov.

Manbalar


Turkum:Mehnat shuhrati ordeni sohiblari Turkum:Doʻstlik ordeni sohiblari Turkum:Kishilar: Oʻzbekiston Turkum:Oʻzbekiston Bosh vazirlari Turkum:Oʻzbekiston:Yetakchilar

Шаблон:Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shaxsiy tarkibi