Asaka-ovdon: различия между версиями

Материал из УзЭнц
мНет описания правки
 
м (1 revision imported: Oʻzbekiston)
(нет различий)

Версия от 13:27, 27 мая 2018

Asakaovdon

AsakaovdonUstyurt platosining jan.dagi tektonik botiq. Shimda Markaziy qirlar (Qorabovur qirlari) va jan.da Ustyurt ko‘tarilmalari (Qoplonqir qirlari va uning g‘arbdagi davomi) o‘rtasida joylashgan. Geologik jihatdan Asakaovdon bukilmasi o‘rniga mos keladi. A.da paleozoy jinslari 5000 m chuqurlikda joylashgan. Shim. yon bag‘rida Shoxpaxti va Shim. Asakaovdon strukturalari mavjud. Shoxpaxti strukturasida quyi yura yotqiziqlari quyi triasning argillit va ohaktoshlari ustida joylashgan. Yura va bo‘r dav-ri yotqiziqlari qumtosh, gravelit, gil, ohaklashgan qumtosh, angidritdan iborat. Yuqori bo‘rning yotqiziqlarida mergel va ohaktosh ham bor. Paleogen yotqiziqlari gilli alevrolit, neogenda sarmat yarusi (yuqori miotsen)ga oid ohaktosh, mergel va qumtoshlar kengroq tarqalgan. Apsheron yotqiziqlari (pliotsen), shag‘al va konglomeratdan iborat. A. usti qad. delyuvial-prolyuvial va yoshroq ko‘l-allyuvial yotqiziklari bilan band.A.ning uz. g‘arbdan sharqqa qariyb 90 km, eni 20 – 40 km. Tubining mutlaq balandligi 30 dan 60 m gacha. Maydoni 5600 km². Jan. qismi bir oz ko‘tarilgan. Shim. qismi esa pastroq. A. tubining o‘rtaroq qismidagi zamini toshloq, gipslashgan marza botiqni ikkiga bo‘lib turadi. Botiqlar tubida qoldiq do‘ngliklar bor. Pastqamliklar ko‘l-allyuvial yotqiziqlar bilan band. Shamol harakati natijasida turli relef shakllari hosil bo‘lgan. Aning yon bag‘irlari chuqur o‘zanlar bilan o‘yilgan. A.da grunt suvlari atrofdagi kir va tekisliklarda vujudga kelib, botiq tomon oqim hosil keladi. Minerallashuv darajasi har l da 60 — 100 g ni tashkil qiladi. Sariqamish botig‘idagi ko‘lning sathi ko‘tarilib borayotganligi sababli A. grunt suvlari sathi ham sharqiy qism (Sho‘rja botig‘i)da ko‘tarilib bormoqda.A.ning jan. toshloqpi va marzali qismining tuprog‘i gipslashgan bo‘z-qo‘ng‘ir tuproq, pastqamliklarda taqirlar, sho‘rxoklar bor. Aning sharqiy va markaziy hududlarida qorasaksovulzor va shoxilakzorlar keng tarqalgan, do‘ngliklarda yulg‘un, qumliklarda juzg‘un, selin, qum akatsiyasi (quyonsuyak) o‘sadi. Shoxpaxti strukturasida tabiiy gaz konlari bor.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Шаблон:OʻzME Turkum:Oʻrta Osiyo