Qoplonqir

Материал из УзЭнц

QoplonqirQoraqum choʻlining Ungʻuzorti qismidagi qir. Turkmaniston va Oʻzbekiston hududlarida joylashgan. Q.ning shim. qismi qisman Ustyurt platosiga kiradi. U shim.-gʻarbdan jan.-sharqqa 200 km dan ziyod masofaga choʻzilgan. Eni jan.-sharqdan shim.gʻarbga kengayib (35 km gacha) boradi. Eng baland joyi 305 m. Qora-qum qismining jan.-gʻarbiy yon bagʻ-rida Goʻklenquyi (Qorashoʻr) botigʻi (shoʻrxoki) joylashgan. Q.ning botiq yuzasidan koʻtarilgan yon bagʻri nishab va atrofidagi tekisliklar bilan tutashgan. Uning jan. qismida Amudaryoning qad. oʻzani Oʻzboʻy joylashgan.

Q., asosan, neogen davri gillari, mergel, qatlamli qumtoshlar, gips va ohaktoshlardan tashkil topgan. Jan. yon bagʻirlarida boʻr va paleogen davrlariga mansub togʻ jinslari ochilib qolgan. Iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq, yozi issiq, yogʻin kam. Tuproq va oʻsimliklari choʻlga xos.