Botir Boboyev

Материал из УзЭнц
Botir Boboyev
Tugʻilgan sanasi 15-may 1914-yil
Tugʻilgan joyi Toshkent
Vafot sanasi 4-noyabr 1984-yil
Vafot joyi Toshkent
Xizmatdagi yillari 1941 — 1972
Unvoni Polkovnik
Harbiy qism 118-gvardiyachi artilleriya polki
Jang/urush 2-jahon urushi
Mukofotlari


[[commons:Category:Ошибка Lua: callParserFunction: function "#property" was not found.|Botir Boboyev]] Vikiomborda

Botir Davronovich Boboyev (1914.15.5 — Toshkent — 1984.4.11) — 2-jahon urushi katnashchisi, polkovnik. Rostov iqtisod institutini, Xarkov artilleriyachilar bilim yurtini bitirgan. 1942 yildan frontda. 118gvardiyachi artilleriya polki batareya komandiri. Boboyev 1945 yil yanvarda Oborniki qishlogʻida dushmanning qarshi hujumini qaytarib, oʻz batareyasini dushman roʻparasiga olib chiqib jang qilgan. Koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1945). Boboyev urushdan keyin Germaniyadagi sovet harbiy maʼmuriyatida xizmatni davom ettirdi (1945—47). Toshkent shahri, Shayxontohur tumani harbiy komissari (1952—72). Respublika urush va mehnat faxriylari kengashi Toshkent seksiyasining raisi (1972 yildan) lavozimlarida ishlagan.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil