Buxoro davlat universiteti

Материал из УзЭнц
Buxoro davlat universiteti
(BuxDU)
thumb|Buxdu logos
Buxdu.jpg
Asl nomi Buxoro davlat universiteti
Xalqaro nomi Bukhara State University (BukhSU)
Shiori Yuksak taraqqiyot-kuchli bilim, ilm-fan va tafakkurda!
Asos solingan 1930-yil-yil
Oʻquv yurti turi universitet
Rektori Xamidov Obidjon Xafizovich
Talabalari 11181 ta
Fakultetlar 9 ta
Manzili Buxoro, M.Iqbol ko`chasi 11 uy Oʻzbekiston
Vebsayti http://buxdu.uz

Buxoro universiteti, Fayzulla Xoʻjayev nomidagi Buxoro davlat universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan 1992-yil 15-martda Buxoro pedagogika instituti (1930) negizida tashkil etilgan. Unda 9 fakultet (fizikamat., iktisod, kimyobiol., qishloq xoʻjaligi, badiiy grafika va xalq amaliy bezagi san’ati, tarixgeog., xorijiy filol., ped. va jismoniy madaniyat, oʻzbek filol.si), bir ijtimoiy oʻquv markazi, 50 ixtisoslashtirilgan kafedra, mintaqaviy til markazi, ixtisoslashtirilgan akademik litsey, gimnaziya, tayyorlov kurslari, kutubxona (nodir qoʻlyozmalar va toshbosma asarlar boʻlimi bilan), botanika bogʻi, planetariy, hisoblash markazi, test markazi, universitet tarixi, oʻlka zool.si, arxeologiyaetn. muzeylari, oʻquvsport, sportharbiy tayyorlov, sportsogʻlomlashtirish majmualari, ma’rifiymadaniy ishlar klubi bor (2001). Untda 23 ixtisoslik boʻyicha mutaxassislar tayyorlaniladi.Unda aspirantura, magistratura, doktorantura mavjud. 2000/2001 oʻquv yili untda 5 mingdan ortiq talaba ta’lim oldi, 341 oʻqituvchi, jumladan 1 Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akad., 28 fan doktori va professor, 272 fan nomzodi va dotsent ishladi. Untda turli yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlar ishlari olib boriladi. Rossiya Federatsiyasi, Italiya, Irlandiya, Fransiya, MAP, Polsha, Germaniya, AQSH ilmiy muassasalari bilan ilmiy hamkorlik qiladi. Tashkil boʻlgandan beri universitet 25 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi (2001).

Buxoro davlat universiteti rektorlari[править | править код]

1. Vahabov Karimjon. 1930 -1931
2. Usmonov G’anijon. 1931-1934
3. Valiyev X.X. 1934-1935
4. Rajabov D. 1935-1936
5. Tereshxanov G.X. 1937 – 1938
6. Rustamov Agzam. 1938-1940
7. Sbizova Anna Ivanovna. 1940
8. Davlat - Yusupov Mustafo Xasanovich. 1940-1943
9. Hamidov (Homidiy) Sharif Hamidovich. 1944-1948
10. Jo’rayev Turob Jo’rayevich. 1948-1950
11. Maqsudov Sh.T. 1951 -1955
12. Yakubov R. 1955 – 1957
13. Rahmatov Muxtor Ne’matovich. 1957 – 1960
14. Namozov Juma Namozovich. 1960 – 1977
15. Jabborov Narimon Ibragimovich. 1977 – 1979
16. Mo’minov Vafo Arabovich. 1979 – 1986
17. Qosimov Farhod Habibovich. 1986-1992
18. Muqimov Komil Muqimovich. 1992 – 2005
19. Yoriyev Oltin Muzaffarovich. 2005-2009
20. Tadjixodjayev Zokirxo’ja. 2010 - 2014
21. Tulaganov Abdukabil Abdunabiyevich. 2014 - 2019
21. Xamidov Obidjon Xafizovich. 2019-yil - h.v.

Buxoro davlat universiteti fakultetlari[править | править код]

1.Fizika-matematika fakulteti
2.Axborot texnologiyalar fakulteti
3.Tarix va yuridik fakulteti
4.Filologiya fakulteti
5.Pedagogik taʼlim fakulteti
6.Tabiiy fanlar fakulteti
7.Jismoniy madaniyat fakulteti
8.Iqtisodiyot va turizm fakulteti

9. Xorijiy tillar fakulteti
10. Sanʼatshunoslik fakulteti
11. Agronomiya va biotexnologiya fakulteti

Adabiyotlar[править | править код]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Шаблон:OʻzME

http://buxdu.uz Turkum:Oʻzbekistondagi universitetlar