Dashti Kavir

Материал из УзЭнц
Версия от 13:30, 4 июля 2021; Sf7 uz (обсуждение | вклад) (Text replacement - "[[Turkum" to "[[Category")
(разн.) ← Предыдущая версия | Текущая версия (разн.) | Следующая версия → (разн.)

Dashti kavirEron togʻligining shim.-sharqidagi choʻl. Uz. qariyb 500 km, eni 250 km chamasida. Mayd. 55 ming km². Bal. 600—800 m li qator berk botiqdan iborat. Botiqlarda taqirlar, shoʻrxoklar, qurib qoladigan shoʻr botqoqliklar va koʻllar bor. Koʻp qismida oʻsimlik deyarli oʻsmaydi. Yozda yer yuzasi qalinligi bir necha sm li oppoq tuz qatlami bilan qoplanadi. Bahorgi namgarchilikda bu yerlarda yurib boʻlmaydi. Choʻlning shim. chekkasida yirik vohalar bor.

Adabiyot[править | править код]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil