Dumaloqkoʻl

Материал из УзЭнц
Версия от 23:22, 5 июля 2021; Sf7 uz (обсуждение | вклад) (Text replacement - "{{OʻzME}}" to "{{ЎзМЭ}}")
(разн.) ← Предыдущая версия | Текущая версия (разн.) | Следующая версия → (разн.)

Dumaloqkoʻl - 1970 yillargacha Amudaryoning quyi oqimida mavjud boʻlgan koʻl. Maydoni 720 ga, oʻrtacha chuq. 2,5 m boʻlib, maydonining 70%ni qamishzor tashkil etgan. Koʻl atrofini qalin toʻqayzorlar uragan. D. Amudaryoning kichik tarmoqlaridan kelgan suv hisobiga toʻyingan. Koʻldan tangabaliq, chavoq va qizilqanot baliqlar, ondatra ovlangan. Suv ostida vodorod sulfid gazi borligidan baliklar qirilib turgan. D. keyingi yillarda qurib qolgan.

Adabiyot[править | править код]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil