Eynshteyn, Albert
Albert Einstein | |
---|---|
Oren J. Turner olgan surat (1947) | |
Tavalludi |
14-mart 1879-yil Ulm, Wyurttemberg, Germaniya |
Vafoti |
18-aprel 1955-yil (76 yoshda) Prinston, Nyu Jersi, AQSH |
Istiqomat joylari | Germaniya, Italiya, Shveytsariya, AQSH |
Fuqaroligi |
Nemis (1879–96, 1914–33) Shveytsariya (1901–55) Amerika (1940–55) |
Millati | Yahudiy |
Sohasi | Fizika |
Alma mater | ETH Zürich |
Akademik rahbarlari | Alfred Kleiner |
Mashhur ishlari |
Umumiy nisbiylik nazariyasi Xususiy nisbiylik nazariyasi Brow harakati Fotoelektrik effekt Massa-energiya ayniyati Einstein maydon ayniyatlari Bose–Einstein statistikasi |
Mashhur sovrinlari |
20px Fizikadan Nobel mukofoti (1921) Copley medali (1925) Max Planck medali (1929) |
[[File:{{{imzo}}}|150px|alt={{{imzo_izoh}}}|{{{imzo_izoh}}}]] |
Albert Eynshteyn (рус. Альбе́рт Эйнште́йн, nem. -{Albert Einstein}-; 1879-yil 14-mart, Ulm, Germaniya — 1955-yil 18-aprel, Prinston, AQSh) — yahudiy, nazariyotchi fizik olim, nisbiylik nazariyasi asoschisi, maydon kvant nazariyasi va statistik fizika asoschilaridan biri. Syurix politexnikumini tugatgan. Syurix universiteti (1909) va Berlin universiteti Bavariya Fanlar akademiyasi fizika instituti direktori (1914-33). 1933 yildan to umrining oxirigacha Prinston institutida (AQSH) ishlagan.
Ilmiy ishlari asosan nisbiylik nazariyasiga doir. Eynshteyn massa va energiyaning oʻzaro bogʻliqligi qonunini kashf qilgan (1905). Maydon kvant nazariyasining yaratilishida Eynshteynning hissasi juda katta. Yorugʻlik nurlanishini yorugʻlik kvantlari yoki fotonlar oqimidan iborat, deb hisoblab, yorugʻlik nurlanishining diskretligi, kvant strukturaga ega ekanligi haqidagi tasavvurni fanga kiritgan, Broun harakatining molekulyar-statistik nazariyasini rivojlantirgan (1905), fotonni nazariy jihatdan kashf qilgan. Kvant nazariya asosida temperatura pasayishi bilan qattiq jism issiqlik sigʻimining kamayishini (1907), muvozanatli nurlanish energiyasining fluktuatsiyasini birinchi marta koʻrib chiqqan (1909); fotoeffektiv, flyuoressensiya uchun Stoks qoidasini, fitoionlanish va boshqalarni tushuntirib bergan (1912), fotokimyoning asosiy qonuni (Eynshteyn qonuni)ni ochgan (1912), nurlanish uchun korpuskulyar-toʻlqin dualizm, induksiyalangan (majburiy) nurlanish hodisasini oldindan aytib bergan (1916). Eynshteyn jismlar magnitlanganda mexanik momenti oʻzgarishi hodisasini bashorat qilgan va tajribada koʻrsatgan (niderland fizigi V. de Xaaz bilan hamkorlikda, 1915). Eynshteyn gravitatsion toʻlqinlar haqida postulat qabul qilib (1916), gravitatsion nurlanish quvvati formulasini keltirib chiqargan (1918). Butoʻn spinli zarralarning kvant statistikasi (Boze — Eynshteyn statistikasi)ni yaratgan (1924—25). 1933 yildan kosmologiya va maydonning yagona nazariyasi bilan shugʻullangan. E. ijtimoiysiyosiy voqealarni ham kuzatib borgan. U urush va fashizmga qarshi chiqqan. Eynshteyn 1940 yilda fashistlar Germaniyasida yadro quroli borligi toʻgʻrisida AQSH prezidenti F. Ruzveltga xat yozdi. U yadro qurolining qoʻllanilishiga qarshi boʻlgan. Eynshteynning ilmiy ishlari hozirgi zamon fizikasining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Nobel mukofoti laureati (1921).
Manbalar
Шаблон:Fizika boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari