Irtish

Материал из УзЭнц

IrtishQozogʻiston va RF dagi dare, Ob daryosining chap irmogʻi. Uz. 4248 km, havzasining maydoni 1643 ming km². Mongoliya Oltoyi togʻlaridan (Xitoyda) boshlanib, Zaysan koʻliga kuyilguncha Kora I. deb ataladi. I. yuqori oqimida ham tekislikdan, ham togʻlar orasidan oqadi. Ust-Kamenogorsk GES va Buxtarma GES kurilishi munosabati bilan daryo Ust-Kamenogorsk shahri gacha yirik suv omboriga aylanib qolgan; Buxtarma suv ombori tarkibiga Zaysan koʻli ham kiradi. Ust-Kamenogorsqdan quyida I. vodiysi kengayadi. Shu qismida I. ga va uning suv omborlariga oʻngdan Kaljir, Kurchum, Narim, Buxtarma, Ul-ba, Uba daryolari, chapdan Qizilsuv, Chardaryolari quyiladi. Semipalatin-skdan quyida I. dashtdan oqadi. Bu yerda oʻngda Om, chapda Ishim, Tobol kabi irmoklari bor. I. qor, muz va yomgʻir suvlardan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sar-fi Tobolskda 2150m³/sek. Yuqori oqimida noyabr oxirida, quyilish yerida noyabr boshida muz. bilan qoplanib, aprel da muzdan boʻshaydi. I. dan Qaragʻanda shahri gacha uz. 451 km kanal qurilgan. I. da baliqturi koʻp. Quyilish joyidan 3784 km masofada kema qatnaydi. I. boʻyida UstKamenogorsk, Semipalatinsk, Pavlodar, Omsk, Tobolsk, Xantimansiysk shahri lari joylashgan. Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida I. nomi (vodiy nomi sifatida) "Er-tish" shaklida berilgan.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil