Janubi-gʻarbiy Osiyo

Материал из УзЭнц

Janubi-gʻarbiy Osiyo - Gʻarbiy Osiyoning jan. qismidagi tabiiy oblast. Arabiston ya. o. va unga yondosh xududlar kiradi. Mayd. 3 mln. km² dan ziyod. J.-Gʻ. O. zaminining koʻp qismi qad. Gondvana materigining bir boʻlagi. Tekisliklar, supasimon qirlar, kuestali plato shakllari keng tarqalgan. Yaman, Hijoz, Asir, Livan, Antilivan togʻlarida hozir ham zilzila boʻlib turadi. Mesopotamiya pasttekisligi (bukilmasi) allyuvial choʻkindilar bilan toʻlgan. J.-Gʻ. O.da foydali qazilma (ayniqsa neft) koʻp. Iqlimi issiq va quruq. Oʻrtacha t-rasi shim.da yanvarda 5°, iyulda ZG, jan.da yanvarda 24°, iyulda 34°. Yillik yogʻin 100—150 mm, Livan, Antilivan, Ummon va Yaman togʻlarida oʻrtacha 500—760 mm. Iqlimi quruqligidan aksar qismining landshafti choʻl va chala choʻl. Mesopotamiyadan Furot va Dajla daryolari oqib oʻtadi. Yer osti suvlari aholi uchun asosiy suv manbaidir. Quduq koʻp. Tuproqlari qoʻngʻir, jigarrang , qizil choʻl tuproqlardir. Oʻrta dengiz boʻyidagi togʻlarda livan kedri, halab qaragʻayi, yashil butazorlar, choʻllarda siyrak yostiqsimon boʻtalar, shoʻra oʻsadi, Yaman va Ummon togʻlarida savannalar bor. Hayvonot dunyosi shim.da Palearktika oblasti va jan.-gʻar-bda Efiopiya oblastiga mansub. J.-Gʻ. O.da Saudiya Arabistoni, Quvayt, Bahrayn, KataR. BAA, Ummon, Yaman, Iroq va Iordaniyaning jan. qismi joylashgan.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil