Karbalo

Материал из УзЭнц

KarbaloIrokdagi shahar. Karbalo muhofazasining maʼmuriy markazi. Furot daryosi vodiysida, Bagʻdod sh.dan 85 km jan.-gʻarbda. Axrlisi 200 ming kishidan ziyod (1990-y.lar oʻrtalari).

Saudiya Arabistoni (Makka, Madina va b. shaharlar)ga boriladigan avtomobil yoʻllari ustidagi yirik savdo (xurmo, gʻalla) va transport punkti. Temir yoʻl stansiyasi. Gʻisht zavodi, meva konserva zavodi va b. korxonalar bor. Hunarmandchilik rivojlangan.Ali ibn Abu Tolibning oʻgʻli Husayn ibn Ali shahar yaqinida 680 y.dagi xokimiyat uchun boʻlgan jangda halok boʻlgan, K.da dafn qilingan va keyinchalik masjid-maqbara qurilib, shialik mazhabidagi musulmonlarning ziyoratgohiga aylangan. Har yili muharram oyida K.da motam marosimi oʻtkaziladi. Diniy marosim buyumlari bilan savdo qilinadi. K.da Ozarbayjon mumtoz shoiri Fuzuliy tugʻilgan. Shahar 7-a.da bunyod etilgan.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil