Kavkaz asirasi
Kavkaz asirasi | |
---|---|
Rejissor | Leonid Gayday |
Produser | Mosfilm |
Ssenariy muallifi | Yakov Kostyukovskiy Moris Slobodskoy Leonid Gayday |
Rollarda | Aleksandr Demyanenko Natalya Varley Yuriy Nikulin Yevgeniy Morgunov Georgiy Vitsin Vladimir Etush Frunzik Mkrtchyan |
Bastakor | Aleksandr Zatsepin |
Kinematografiya | Konstantin Brovin |
Distributor | Mosfilm |
Premyera sanasi |
|
Davomiyligi | 77 minut |
Mamlakat | Sovet Ittifoqi |
Til | Rus tilida |
Kavkaz asirasi (рус. Кавказская пленница; to'liq nomi Кавказская пленница, или Новые приключения Шурика, Kavkaz asirasi, yoxud Shurikning yangi sarguzashtlari) — 1967-yilda suratga olingan romantik komediya. Aleksandr Pushkinning "Kavkaz asiri" nomli poemasiga[1] va Lev Tolstoyning xuddi shu nomli hikoyasiga asoslangan[2].
Syujet[править | править код]
Kavkazcha xalq og'zaki ijodini o'rganish uchun bu yerdagi tumanlardan biriga jurnalist sifatida kelgan Shurik aholi bilan suhbat davomida tost eshtish va vino ichish bilan mast bo'lishi natijasida tuman ijroqo'mi Saaxovning muhim tadbirini buzib qo'yadi. Uni militsiya olib ketadi, biroq Saaxovning yordami bilan tezda chiqarib yuboriladi. Saaxov o'z yordamchisi Jabrailning jiyani, yoshlar faoli Ninani "kelin sifatida o'g'irlash"ni taklif qiladi va buni uchun 3 nafar yordamchilar - qo'rqoq, ahmoq va barzangini yordamga beradi. Shurik bu ishlar jinoyat ekanligini anglab yetadi va Ninaga qochishga yordam beradi. Saaxov munosib jazo oladi.
Rollarda[править | править код]
Aktyor | Rol |
---|---|
Aleksandr Demyanenko | jurnalist Shurik |
Natalya Varley | yoshlar faoli Nina |
Vladimir Etush | tuman ijroqo'mi Saaxov |
Frunzik Mkrtchyan | Saaxovning yordamchisi Jabrail |
Ruslan Axmetov | Shurikning do'sti Edik |
Yuriy Nikulin | kelin o'g'risi ahmoq |
Georgiy Vitsin | kelin o'g'risi qo'rqoq |
Yevgeniy Morgunov | kelin o'g'risi barzangi |
Donara Mkrtchyan | Jabrailning xotini |
Linklar[править | править код]
Manbalar[править | править код]
|