Kosonsoy

Материал из УзЭнц

KosonsoyFargʻona vodiysidagi daryo. Sirdaryonnit oʻng irmogʻi. Chatqol togʻ tizmasidan Chilquduqsoy nomi bilan boshlanib, sharq va jan.sharq yoʻnalishida oqadi. Oʻz. 154 km. Havzasining maydoni 1650 km², oʻrtacha balandligi 2347 m. Boshlanish yerida kichik muzliklar bor. Daryoning yuqori oqimi Qirgʻiziston hududida. Kosonsoy shahri yaqinida daryo togʻdan chiqib, adirlar orasidagi vo-diyda oqadi, jan. yoʻnalishda Toʻraqoʻrgʻon qishlogigacha borib, u yerda katta yoyilma hosil qiladi. Daryo suvining deyarli hammasi sugʻorishga sarflanadi, faqat suvi koʻpaygan paytlardagina Sirdaryoga quyiladi. Qor-muzlik va yomgʻirdan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 9,81 m³/sek, oʻrtacha oqim moduli 5,94 l/sek km². Suvning yarmidan koʻprogʻi mart — sentabr da oqib oʻtadi.

K. Qirgʻizistonning Olabuqa tumani va Oʻzbekistonning Namangan viloyatini suv bilan taʼminlaydi. Daryoga Kosonsoy suv ombori qurilgan.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil