Makron

Материал из УзЭнц

MakronEron togʻligining jan.sharqiy chekkasidagi togʻlar, Eron va Pokistonda. Hoʻrmuz boʻgʻozidan Kvetta shahri yaqinigacha yoy shaklida 1150 km masofaga choʻzilgan. Bal. 1000–2000 m, eng baland joyi 2293 m. Ohaktosh, kumtosh va mergeldan tarkib topgan oʻzaro parallel tizmalardan iborat. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Togʻ etaklarida balchiqli vulkanlar uchraydi. Togʻ yon bagʻirlarida siyrak oʻrmonlar, bodomzorlar bor. Vodiylarda mevali daraxtlar, xurmo oʻstiriladi.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil