Mirabror Usmonov
Usmonov Mirabror Zufarovich - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti (2017-yilgacha) hamda Markaziy Osiyo Futbol uyushmasi prezidenti (2015-2018 yillarda).
Tarjimai holi Править
1947-yil 4-iyulda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1978-yilda Samarqand kooperativ institutini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.[1]
- 1961-yildan, 1967-yilgacha — Toshkent shahridagi „Bahor“ restoranida oltinchi razryadli oshpaz.
- 1970-yilda — Toshkent shahridagi „Guliston“ restoranining ishlab chiqarish boʻyicha mudiri.
- 1970-yildan 1986-yilgacha — „Doʻstlik“ va „Zarafshon“ restoranlari direktori, Toshkent shahri restoranlar tresti direktori.
- 1986-yildan 1990-yilgacha — Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasining Umumiy ovqatlanish bosh boshqarmasi boshligʻi.
- 1990-yildan 1992-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi savdo vaziri.
- 1992-yildan 1994-yilgacha — „Oʻzbeksavdo“ kompaniyasi raisi.
- 1994-yildan 2005-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari.
- 2005-yildan 2017-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator.
- 2006-yildan 2017-yilgacha - Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti.[2] 2009-yili keyinggi toʻrt yillik muddatga qayta saylangan.[3]
- 2013-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti [4]
2015 yildan 2018-yilgacha - Markaziy Osiyo Futbol uyushmasi prezidenti[5].
Mukofotlari Править
- 1995-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni,
- 1997-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Maqtov yorligʻi,
- 2006-yilda „Oʻzbekiston mustaqilligiga 15 yil“ esdalik nishoni,
- 2012-yilda El-yurt hurmati ordeni bilan mukofotlangan.[6],
- 2017-yilda "Doʻstlik ordeni bilan taqdirlandi.