Mustay Karim
Mustay Karim (boshq. -{Мостай Кәрим}-, asl ismi Mustafo Safo o‘g‘li Karimov, boshq. -{Мостафа Сафа улы Кәримов}-) (1919.20.10 — 2005.21.09) — boshqird yozuvchisi. Boshqirdiston xalq shoiri (1963).
Mustay Karim | |
Мостай Кәрим | |
Файл:Mustay Karim.jpg | |
Toʻliq ismi: | Mustafo Safo o‘g‘li Karimov |
---|---|
Tavallud sanasi: | 20-oktabr 1919-yil |
Tavallud joyi: | Klyashevo qishlog‘i, Safarov volosti, Ufa uyezdi, RSFSR |
Vafot sanasi: | 21-sentabr 2005-yil (85 yoshda) |
Vafot joyi: | Ufa, Boshqirdiston, Rossiya Federatsiyasi |
Fuqarolik: | SSSR → Rossiya |
Kasb: | shoir, prozaik, dramaturg |
Faoliyat: | 1930-2005 |
Yoʻnalish: | Sotsialistik realizm |
Janr: | nazm, poema, pyesa, povest |
Mukofot: | Salavat Yulayev ordeni |
Boshqirdiston pedagogika insitutining adabiyot fakultetini tugatgan (1941). 2-jahon urushi qatnashchisi. „Bahor sadolari“ (1940), „Mening tulporim“ (1943), „Sheʼrlar“ (1944), „Qaytish“ (1947), „Tanlangan asarlar“, „Yevropa—Osiyo“ (1954) va boshqa sheʼriy toʻplamlar muallifi.
Mustay Karimning „Toʻy davom etadi“ (1947), „Yolgʻiz qayin“ (1950), „Qiz o’gʻirlash“ (1959), „Aytilmagan qoʻshiq“ (1961), „Oy tutilgan tunda“ (1964), „Oygul vatani“ (1969) kabi pyesalari zamonaviy va tarixiy mavzularda yozilgan boʻlib, ularda boshqird xalqining turmush tarzi o’z ifodasini topgan.
„Uzundan-uzoq bolalik“ (1974—78) avtobiografik qissasi va „Olovni tashlama, Prometey“ (1976) tragediyasi bor. Alisher Navoiy, Oybek, Hamid Olimjon, Zulfiya haqida bir qancha maqolalar yozgan. „Oy tutilgan tunda“ asari Zulfiya tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilinib (1972), Oʻzbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan.
Adabiyot Править
- Oilamiz quvonchi, T., 1956; Qirgʻoqlar, Sheʼrlar, T., 1970.
Ушбу мақолани ёзишда Ўзбекистон миллий энциклопедияси (2000-2005) маълумотларидан фойдаланилган. |