Namangan universiteti

Материал из УзЭнц

Namangan davlat universiteti, Namangan davlat universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar taiyerlaydigan oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta farmoniga asosan 1992 yil 15 martda Namangan ped. instituti (1942 yilda asos solingan) negizida tashkil etilgan. Universitetda 12 fakultet (mat., fizikatexnika, xorijiy tillar, kimyo-biol., sanʼatshunoslik, ingliz filol.si, ped., iqtisodgeogr., jismoniy tarbiya, oʻzbek filol.si, tarix, yurisprudensiya), oʻquv, ilmiy, maʼnaviyat, marketing xizmati, monitoring boʻli-mi, maʼnaviyat, axborot va taxdil, til oʻrgatish, demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti markazi, sotsiologik tadqiqotlar laboratoriya, 38 kafedra, bir kancha ilmiy laboratoriya va oʻquv markazlari, biznes maktabi, akademik litsey bor; kutubxonalarida 500 mingdan ziyod asar saqlanadi (2003). Universitet 25 yoʻnalish (matematika, amaliy mat., fizika, kasb taʼlimi, kimyo, biologiya, amaliy sanʼat, chizmachilik va tasviriy sanʼat, musiqa, ingliz tili, nemis tili, fransuz tili, slavyan filol.si, boshlangʻich taʼlim va tarbiyaviy ishlar me-todikasi, ped. va psixologiya, jismoniy tarbiya, iqtisod, geogr., oʻzbek filol.si, tarix, huquqshunoslik, milliy istiqlol gʻoyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari, boshlangʻich taʼlim va sport tarbiyaviy ish, ijtimoiy-madaniy faoliyat) boʻyicha bakalavrlar, 16 ixtisoslik (fizika, matematika, tarix, geografiya, rus tili, oʻzbek tili, nemis tili, ingliz tili, kimyo, mehnat taʼlimi, huquqshunos-pedagog, tarmoqlar iqtisodiyoti, boshlangʻich taʼlim, fizika oʻqitish metodikasi, amaliy mat., oʻzbek adabiyoti) buyicha magistrlar tayyorlaydi. Universitetda aspirantura, doktorantura faoliyat koʻrsa-tadi. 2002/2003 oʻquv yili universitetda 5 mingga yaqin talaba taʼlim oldi, 350 dan ortiq oʻqituvchi, jumladan, 20 fan doktori va prof., 140 fan nomzodi va dotsent ishladi. Universitet bir kancha xorijiy davlatlarning nufuzli unt, institutlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Universitet faoliyati T. Fayzullayev, A. Aʼza-mov, M. Mamatov, N. Rahimov, A. Abdurahmonov, Sh. Abdullayev, I. Abdullayev va boshqa prof.oʻqituvchilar nomi bilan bogʻliq. Universitetda turli yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlar ishlari olib boriladi. 2003 yilgacha universitet 27 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil