Nigʻmatilla Yoʻldoshev
Yoʻldoshev Nigʻmatilla Toʻlqinovich – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi (2015-yil 26-yanvardan), Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning vafotidan keyin, 2016-yil 2-sentyabrdan 8-sentyabrgacha - Prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi[1].
Yoʻldoshev Nigʻmatilla Toʻlqinovich Йўлдошев Ниғматилла Тўлқинович | ||
| ||
---|---|---|
2015-yil 26-yanvardan | ||
Prezident: | Islom Karimov | |
Oʻtmishdoshi: | Ilgizar Sobirov | |
| ||
2016-yil 2-sentabrdan — 2016-yil 8-sentabrgacha | ||
Oʻtmishdoshi: | Islom Karimov | |
Vorisi: | Shavkat Mirziyoyev | |
| ||
2011-yildan — 2015-yilgacha | ||
Prezident: | Islom Karimov | |
Oʻtmishdoshi: | Ravshan Muhiddinov | |
Vorisi: | Muzrob Ikromov | |
| ||
2006-yildan — 2008-yilgacha | ||
Prezident: | Islom Karimov | |
Oʻtmishdoshi: | Poʻlat Bobojonov | |
Vorisi: | Zohid Dusanov | |
Fuqaroligi: | Oʻzbekiston | |
Tavalludi: | 5-dekabr 1962 (61 yosh) Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Biografiyasi Править
Maʼlumoti – oliy, 1985-yilda Toshkent Davlat Universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.
- 1985-1986 – Toshkent viloyati Olmaliq prokuraturasining ish oʻrganuvchisi.
- 1986-1991 - Toshkent viloyati Olmaliq shahar prokuraturasining tergovchisi.
- 1991-1992 – Toshkent shahri Yunusobod tumani prokuraturasining tergovchisi.
- 1992-1995 - Toshkent shahar prokuraturasining katta tergovchisi.
- 1995-1997 - Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi ichki ishlar vazirligi idoralarida tergov va surishtiruv ustidan nazorat boshqarmasi prokurori.
- 1997-2000 - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Tergov Bosh boshqarmasining tashkiliy-uslubiy boʻlimi boshligʻi.
- 2000-2003 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ichki xavfsizlikni taʼminlash inspektsiyasining boshligʻi.
- 2003-2006 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmatining prokuratura idoralari faoliyati masalalari boʻyicha yetakchi inspektori.
- 2006-2008 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi. *2008-2011 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari.
- 2011-2015 - Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Аdliya vаziri[2]. 2015-yildan Senat aʼzosi[3], Senat raisi.
- 2016-yil 2-sentabrda Oliy Majlis palatalarining qarori bilan Oʻzbekiston Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. 8-sentabr kuni Prezident vakolatlarini bajarish mas'uliyatini vaqtinchalik Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga topshirishini e'lon qildi.
Manbalar Править
Yana qarang Править