Oʻzbekistonda arablar istilosidan to 1929 yilgacha arab yozuvidan foydalanilgan. 1920-yillarning oʻrtalaridan Oʻzbekistonda arab yozuvini oʻzgartirish boshlandi. Arab yozuvi qoloqligimizning va savodsizligimizning sababchisi ekanligi tan olindi. 1929—1930 oʻquv yilidan Oʻzbekiston lotin yozuviga oʻtdi.
Arab alifbosi: آ ا أ ء ب پ ت ث ج چ ح خ د ذ ز ژ س ش ص ض ط ظ ع غ ف ق ک گ ل م ن و ٶ ۇ ۉ ە ة ى ي ې ٸ
1940 yilda Oʻzbekistonda kirill yozuviga oʻtildi. Buning natijasida 1929-40 yillar oraligʻida chop etilgan ilmiy, badiiy, pedagogik, oʻquv adabiyotlardan uzilib qoldik.
А а
Б б
В в
Г г
Д д
Е е
Ё ё
Ж ж
З з
И и
Й й
К к
Л л
М м
Н н
О о
П п
Р р
С с
Т т
У у
Ф ф
Х х
Ц ц
Ч ч
Ш ш
Ъ ъ
Ь ь
Э э
Ю ю
Я я
Ў ў
Қ қ
Ғ ғ
Ҳ ҳ
1940 yildan 1991 yilgacha oʻrta hisob bilan oʻzbek tilida 50 ming nomda 50 million nusxada kitoblar chop etilganini (bunga shu yillari nashr etilgan jurnal, gazetalar kirmaydi) hisobga olsak, biz yana lotin yozuviga oʻtishda qanchadan-qancha adabiyotdan yiroqlashishimiz mumkinligi ayon boʻladi.
20-asr 90-yillari boshidagi siyosiy vaziyatdan kelib chiqib (asosan Turkiya qoʻllab-quvvatlashi bilan) lotin yozuviga koʻchish haqida 1993-yilda qaror qilindi.
Buning natijasida biz ota-bobolarimiz tomonidan yaratilib kelingan hamda chop etilgan ilmiy, badiiy va falsafiy adabiyotdan uzilib qoldik. Sababi dunyoning baʼzi rivojlangan mamlakatlari (ularni sanab oʻtirishning hojati yoʻq) lotin yozuvidan foydalanadilar. Shuning uchun ham hozirgi eng zamonaviy texnika, tabiiy fanlar yoki ijtimoiy tadqiqotlar haqidagi adabiyotlarning salmoqli miqdori shu yozuv asosida yoritiladi. BMT, UNESCO va boshqa xalqaro tashkilotlarning xabar qilishlaricha, yangi texnika, texnologiya va fanga tegishli adabiyotlarning katta foizi lotin yozuvida chop etilar ekan.
A a
B b
D d
E e
F f
G g
H h
I i
J j
K k
L l
M m
N n
O o
P p
Q q
R r
S s
T t
U u
V v
X x
Y y
Z z
Oʻ oʻ
Gʻ gʻ
Sh sh
Ch ch
ng
ʼ
Oʻzbekistonda bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.