Orenburg

Материал из УзЭнц
Shahar
Orenburg
Bayroq Gerb
Bayroq Gerb
Mamlakat Rossiya
Viloyat Orenburg viloyati
Koordinatalari 51°46′N 55°6′E / 51.767°N 55.100°E / 51.767; 55.100Koordinatalari: 51°46′N 55°6′E / 51.767°N 55.100°E / 51.767; 55.100
Ichki boʻlinishi 2 okrug: Severniy, Yujniy;
4 tuman: Dzerjinskiy, Leninskiy, Promishlenniy,
Rahbar Misheryakov, Yuriy Nikolaevich
Asos solingan 1743
Ilk eslatilishi 1735
Avvalgi nomlari 1938 — Orenburg
1957 — Chkalov
Maydoni 259[1] km²
Aholisi 579,3 ming nafar (2011)
Zichlik 2 112 kishi/km²
Aglomeratsiya 600.000
Milliy tarkibi ruslar 83,4 %
tatarlar 7,8 %
ukrainlar 2 %
qozoqlar 2  %
va boshqalar 4,8 %
[2]
Telefon kodi +7 3532
Pochta indeksi 460000
OKATO kodi 53401
Rasmiy sayti http://orenburg.ru
Yer uchun hali jyolashuv xaritasi mavjud emas.

Orenburg (1938-1957 yillarda Chkalov) — Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyatidagi shahar. Ural daryosi boʻyida. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 529,6 ming kishi (1998). Shahar sanoatida mashinasozlik yetakchi oʻrinda — temirchilik, presslash asbob-uskunalari, parmalovchi jihozlar, past voltli apparatlar, stanok va boshqa ishlab chiqariladi; yoqilgʻi, kimyo va neft kimyosi, yengil (ipak gazlamalar, koʻn), oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. 4 oliy oʻquv yurti, 3 teatr, oʻlkashunoslik, tasviriy sanʼat muzeylari bor.

Ilk bor 1735 yilda Oʻr daryosining Yoyiq (hozirgi Ural)ga quyilish joyida vujudga kelgan (nomi shundan); 1743 yildan hozirgi oʻrnida. Orenburg 18-asr va 19-asrning 1-yarmida harbiy chegara liniyasining asosiy istehkomi; 1744 yildan Orenburg gubernyasi, 1782 yildan Ufa noibligi (namestnichestvosi)ning markazi, 1796—1801 va 1865 yildan guberniya markazi. Orenburg kazak qoʻshinlarining harbiy va maʼmuriy markazi (1748 yildan). 1850—81 yillarda general gubernatorlik markazi.

Rossiya imperiyasi bilan Oʻrta Osiyo xonliklari oʻrtasida 18—19-asrlarda savdo va elchilik alokalari, asosan, Orenburg orqali oʻtgan. Oʻrta Osiyodan Orenburgga savdo va elchilik karvonlari qatnab turgan (q. Orenburg savdo yoʻli). 1900—1906 yillarda Orenburg — Toshkent temir yoʻl qurilgan. 1920—25 yillarda Qirgʻiziston Muxtor Respublikasi (oʻsha vaqtlarda ruslar Qozogʻistonni Kirgiziya deb atagan) poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan qalʼa darvozasi qoldiqlari (18-asr), karvonsaroy (1836—42) saqlanib qolgan.[3]

Orenburg (1938—1957 yillari Chkalov) — Rossiyadagi shahar, viloyat markazi. 1735-yili qoʻrgʻon maqsadida barpo etilib, nomi Or daryosining nomiga bagʻishlab qoʻyilgan. Aholisi 579,3 mimg kishi (2011). Shaharda mashinasozlik, kimyo, neft kimyosi, oziq ovqatlar ishlab chiqarish, va boshqa mahsulot ishlab chiqarish sanoati yaxshi rivojlangan. 4 ta oliy oʻquv yurti, jahonnoma va tasviriy san'at muzeylari bor. Orenburg shahri Yoyiq daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan.

Aholisi[править | править код]

Shahr aholisi 579,3-mimg kishi (2011). Oʻrtacha zichligi 2 112 kishi./km². Aholining milliy tarkibi: ruslar 83,4 %, tatarlar 7,8 %, ukrainlar 1,97 %, qozoqlar 2,03 %, boshqurtlar 1,10 %, armanlar 0,63 %, mordvalar 0,52 %, va boshqalar 2,52 %.

Guberniya tuzulishi[править | править код]

Orenburg general-gubernatorligi, Qozogʻistonning gʻarbiy, shimoliy-gʻarb va janubiy-gʻarb tomonlarini oʻtarlash maqsadida 1850-yili barpo etilib, 1881-yilgacha saqlandi. 1868 yili Orenburg general-gubernatorligi tarkibiga markazi Orenburg shahri boʻlgan Toʻrgʻay viloyati tashkil topdi. 1876—1881 yili Qozogʻistonning shimoliy-sharqiy tarafi bilan janubida Dala va Turkiston general-gubernatorliklarining tashkil topishi bilan, Orenburg general-gubernatorligi tarqalib, Orenburg guberniyasi holatiga keltirildi. Aytish joyizki Toʻrgʻay viloyati Orenburg guberniyasining tarkibida qoldirildi.

Manbalar[править | править код]