Slovak tili

Материал из УзЭнц
Slovak tili
Milliy nomi: -{-{slovenčina, slovenský jazyk}-}-
Mamlakatlar: Slovakiya
Mintaqalar:
Rasmiylik holati: Slovakiya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: 5.2 million (2011-2012)
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Hind-Yevropa
Alifbosi: lotin
Til kodlari
-{ISO 639-1 sk}-
-{ISO 639-2 slo (B); slk (T)}-
-{ISO 639-3 slk}-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Slovak tilihind-yevropa tillari oilasiga mansub slavyan tillarining gʻarbiy guruhidagi til; Slovakiya Respublikasining rasmiy tili. Asosan Slovakiyada, qisman AQSh, Chexiya, Vengriya, Serbiya, Kanada, Polsha va Ruminiyada tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 5,6 mln.kishidan ortiqroq. Lahjalari 3 guruhga boʻlinadi: oʻrta slovak, gʻarbiy slovak va sharkiy slovak. Oʻrta slovak laxjasi adabiy Slovak tiliga asos boʻlgan. Slovak tili yaqin qarindosh tillardan chex tiliga yaqin turadi, koʻplab grammatik va leksik umumiyliklarga ega, lekin fonetik jihatdan oʻziga xos choʻziq unlilar va diftonglarning qoʻllanishi bilan farq,lanadi. Slovak tili lotin grafikasi asosida unga qoʻshimcha diakritik belgilar qoʻshish bilan yaratilgan yozuvga ega. Slovakiyada 18-a.gacha rasman chex tili qoʻllangan. St.dagi dastlabki matnlar 16-a. oxirlarida, dastlabki kitoblar esa 18-a. oxirlarida paydo boʻlgan.